Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » ДХХ кубоги мусобақаларига стaрт берилди

ДХХ кубоги мусобақаларига стaрт берилди

09 апрель 2022 йил
445
0

 Пахтакор туманида қуръа ташлаш ва футбол, мини футбол мусобақаларининг очилиши бўлиб ўтди.

Туман ҳокими ўринбосари Фазлиддин Қўлдошев юртимизда спортга берилаётган юксак эътибор, спортнинг оммавийлигини ошириш, ёшларнинг бўш вақтларини мазмунли ташкил этиш, уларни спортга кенг жалб қилиш чоралари кўрилаётгани, мазкур имкониятлардан ёшлар унумли фойдаланаётгани ҳақида гапирди.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun sportning mini – futbol va futbol turlari boʻyicha Paxtakor shahar saralash bosqich bellashuvlariga start berildi. Uyushmagan, kam taʼminlangan va ayni paytda ishsiz yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni, shuningdek, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishiga, xususan, sportning mini-futbol va futbol turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni erta aniqlash maqsadida start olgan mazkur DXX kubogining dastlab, tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan ochilish marosimida Paxtakor shahar hokimligi, sektor rahbarlari, Xalq deputatlari, shahar kengashi deputatlari hamda tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirok etishib, futbol jamoalariga gʻoliblik sari borishlari uchun omadlar tilashdi.

Shundan soʻng ilk bellashuvlarga start berildi. Taʼkidlash joiz, mazkur DXX kubogining saralash musobaqasi dastlab, Paxtakor shahridagi 4ta sektor kesimida 15 ta mahalla yoshlaridan tashkil topgan jamoalar oʻrtasida hududlarga boʻlingan holda oʻzaro kuch sinashishadi. Gʻolib jamoalar shahar, viloyat va respublika bosqichlarida ishtirok etishadi.

Musobaqalarning birinchi bosqichi joriy yilning aprel-may, ikkinchi bosqichi iyun-iyul oylarida hamda uchinchi final bosqichi avgust oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng yaxshi to‘p urar”, “Eng yaxshi darvozabon” va “Eng yaxshi murabbiy” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar ham aniqlanadi. Musobaqa “Sog‘lom yoshlar — yangi O‘zbekiston kelajagi” shiori ostida o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, DXX Raisi kubogini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad yoshlar orasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

 

 

Қуръа ташлангач, мусобақа бошланди.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар