Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida jamoatchilik fikri asosida shakillantirilgan tashabbusli budjet tadbirlari moliyalashtirilishi va bajarilishi to’g’risidagi xisoboti

Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida jamoatchilik fikri asosida shakillantirilgan tashabbusli budjet tadbirlari moliyalashtirilishi va bajarilishi to’g’risidagi xisoboti

10 май 2022 йил
583
0

 Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida jamoatchilik fikri asosida shakillantirilgan tashabbusli budjet tadbirlari moliyalashtirilishi va bajarilishi to’g’risidagi xisoboti

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi "Budjet ma'lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3917-sonli, 2021-yil 13-apreldagi "Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5072-sonli hamda 2022-yil 7-apreldagi PQ-197-sonli Qarorlariga asosan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 26-yanvardagi KQ-302-IV-sonli Qarorlari ijrosi bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.

2021 yilda maxalliy budjetning qo’shimcha mablag’lari hisobidan Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi qarorlari bilan 867,0 mln. so’m va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentyabrdagi PQ-5250-sonli qaroriga asosan 833,0 mln. so’m, jami 1 700,0 mln. so’m mablag’lar tuman hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga belgilangan tartibda o’tkazib berildi.

2021 yilda sinov tarzida o`tkazilgan tashabbusli budjet jarayonida fuqorolar tomonidan 143 ta loyixalar ilgari surilib 127 tasi ishchi komissiya tomonidan saralab olingan xamda ushbu loyixalarga jami 2962 ta (axoli soniga nisbatan 3.8 foiz) fuqaro ovoz bergandi.

Moliya vazirligining “Ochiq byudget” axborot portali orqali ovoz berish jarayoni orqali 4 ta tashabbus g’olib deb topilgan. Natijada 1168 ta ovoz to’plab g’olib deb topilgan  “Tuman xalq ta’lim bo’limiga qarashli 2 umumiy o’rta ta’lim maktabining bolalar futbol o’yingohini ta’mirlash”ga 350,0 mln. so’m;

795 ta ovoz to’plab g’olib deb topilgan “Tuman Axborot kutubxona markazining moddiy texnika bazasini mustahkamlash”ga 200,0 mln. so’m;

325 ta ovoz to’plab g’olib deb topilgan “Tuman xalq ta’lim bo’limiga qarashli 1 umumiy o’rta ta’lim maktabining eshik va derazalarini ta’mirlash”ga 667,0 mln. so’m;

106 ta ovoz to’plab g’olib deb topilgan “Madaniyat bo'limi tumandagi tadbirlarni samarali o’tkazish uchun ovoz kuchaytirgich asbob uskunalarni xarid qilish uchun” 80,0 mln. so’m mablag’lar o’tkazib berildi.

Yuqoridagi moliyalashtirilgan mablag’lar tegishli nazorat organlari, fuqarolar, hamda jamoatchilik nazorati ostida belgilangan maqsadlar uchun sarflanishiga erishildi.

2022 yil 1 aprel xolatiga tuman hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg’armasi”da jami 3 049,3 mln.so’m mablag’ shakllantirildi. Jumladan:

2021 yil tuman hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg’armasi”da 403,0 mln.so’m qoldiq mablag’ va 2021 yilda o'tkazilgan tashabbusli budjet jarayoni yakunlariga ko'ra ishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag'larga nisbatan bo'shab qolgan (iqtisod qilingan) qismini 54,4 mln.so’m “Fuqarolar tashabbusi jamg’armasi”ga o’tkazib berilgan.

Shuningdek tuman mahalliy budjetining 5 foiz miqdoridagi 2 107,9 mln. so’m, tuman maxalliy budjetining qo’shimcha manbalari hisobidan Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 2022 yil 2 fevraldagi VI-34-24-3-52-K/22-sonli qaroriga asosan 338,0 mln. so’m va  2022 yil 21 fevraldagi VI-35-50-3-52-К/22-sonli qaroriga asosan 146,0 mln. so’m mablag’lar “Fuqarolar tashabbusi jamg’armasi”ga o’tkazib berilgan.

 “Ochiq byudget” axborot portalida 2022 yil 1 aprel holatiga jami 323 ta takliflar joylashtirilgan bo’lib, Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan o’tkazilgan moderatsiyada 46 ta takliflar rad qilinib, 277 ta takliflar ovoz yig’ishga qo’yildi.

Moliya vazirligi “Tashabusli budjet” loyihasining 2022 yil 1-yarim yillik mavsumi uchun g`oliblar tasdiqlanganini elon qildi va tumanimizdagi jami 277 ta tashabbuslardan 4 tasi g`olib deb topildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-apreldagi 197-sonli qaroriga asosan ikki mingdan ziyod ovoz to’plagan 1 ta tashabbus g`oliblar ro’yxatiga kiritilib, jami  g`oliblar soni 5 tani tashkil etdi.

Jumladan:

1-o`rin. Tibbiyot birlashmasini tamirlash, tashabbuskor Nazokat Yarlaqabova, mablag` miqdori 1000,0 (bir milliard) so`m, jami yig`ilgan ovoz 6671 ta;

2-o`rin. Paxtakor tumani 9-maktab hududida sun’iy qoplamali maydon qurish, tashabbuskor Sanjar Xolmo`minov, mablag` miqdori 400,0 (to`rt yuz million) so`m, jami yig`ilgan ovoz 5680 ta;

3-o`rin. 2 maktabning sport zalini tamirlash, tashabbuskor Shoxrux Toliboev, mablag` miqdori 800,0 (sakkiz yuz million) so`m, jami yig`ilgan ovoz 4436 ta;

4-o`rin. 12 maktabni joriy tamirlash, tashabbuskor Oybek Bo`ronov, mablag` miqdori 700,0 (yetti yuz million) so`m, jami yig`ilgan ovoz 4395 ta;

5-o`rin. 17 maktabni joriy tamirlash, tashabbuskor Mansur Karaxanov, mablag` miqdori 800,0 (sakkiz yuz million) so`m, jami yig`ilgan ovoz 3736 tani tashkil qiladi. (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-apreldagi 197-sonli qaroriga asosan qo’shimcha yuqori budjetdan ajratildi)

Yuqoridagi maqsadlar uchun jami mablag’ miqdori 3700,0 (uch milliard yetti yuz ming) so`mni tashkil etadi.

G`olib deb topilgan xar bir loyiha uchun buyurtmachi tashkilotlarga “401722..” mablag’lar manbasi bilan alohida hisobvaraqlar ochildi hamda tegishli mablag’lar hisobvaraqlarga o’tkazib berildi.

Fuqarolar tashabbusi jamg’armasiga o’tkazilayotgan hamda jamg’arma mablag’laridan maqsadli foydalanishi bo’yicha ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tashabbusli budjet tadbirlari moliyalashtirilishi va bajarilishi to’g’risidagi hisobotlarni jamoatchilikka e’lon qilinib borilmoqda.

Hozirgi kunda tuman tibbiyot birlashmasi va xalq ta’limi bo’limi tomonidan 2022 yilda g’olib deb topilgan 5 ta taklif boyicha qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash va loyiha-smeta hujjatlari asosida pudratchi tashkilotlarni aniqlash ishlari amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

 

 

Paxtakor tumani hokimligi

            moliya bo’limi mudiri:                                                                А.Meliboyev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар