Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Gurgiboyev Orziqul xoji ota xotirasiga bag‘ishlab sportning shaxmat turidan xotira turneri bo’lib o‘tdi

Gurgiboyev Orziqul xoji ota xotirasiga bag‘ishlab sportning shaxmat turidan xotira turneri bo’lib o‘tdi

01 июнь 2022 йил
414
0

 

 Sportning inson hayotidagi o‘rni shunchalar beqiyoski, u nafaqat jismonan balki aqlan o‘z ustimizda ishlashga undaydi. Turli xil harakatli o‘yinlar bilan inson tanasini chiniqtirsa, shaxmat kabi o‘yinlar aqlni charxlaydi. Shu sababdan yurtimizda sportga bo‘lgan e’tibor beqiyosdur.

 Tumanda Gurgiboyev Orziqul xoji ota xotirasiga bag‘ishlab joriy yilning 28-may sanasida sportning shaxmat turidan xotira turneri bo’lib o‘tdi. Bunga sabab Gurgiboyev Orziqul xoji ota hayotlik chog‘larida, asl kasblari energetik bo‘lishiga qaramasdan shaxmat o‘yini ustasi bo‘lganlar. Nafaqat tuman, viloyat balki Respublika turnerlarida ishtirok etib tumanimiz sharafini munosib ximoya qilib kelganlar. Otaning 5 ta farzandi va 9 nafar nabirasi bor. Bugungi kunda 3 nafar nabirasi bobosi izidan ketib, tumanning ilg‘or shaxmatchilariga aylanishgan. Dastlab 15-maktabning bog‘ida tadbir munosabati bilan, otani xotirlab quron tilovat qilindi va mehmonlarga dasturxon yozilib osh tarqatildi. Turnerga Surxandaryo, Samarqand, Qashqadaryo, Sirdaryo kabi qo‘shni viloyatlardan ishtirokchilar kelishdi. Qolaversa Jizzax shaxar, Sharof Rashirov, Baxmal hamda Arnasoy tumanlaridan shaxmat ixlosmantlari kelib maxoratlarini namoish etdilar. Musoboqalar chog‘ida Baxmal tumanidan tashrif buyurgan 8 yoshli Ochilov Akbar e’tiborimizni tortdi. Bunga sabab yoshi katta o‘yinchilarni xayratda qoldirib bir nechtasi ustidan g‘alaba qozondi. –Nima uchun siz kattalar bilan o‘ynayapsiz, sizning yosh toifangiz to‘g‘ri kelmaydiku- deya savolga tutdik bolakayni. 4-yoshimdan beri shaxmatga qiziqaman;- deya so‘z boshladi Ochilov Akbar. – Birinchi ustozim o‘zimning dadam. Men ko‘p turnirlarda qatnashganman hozir Osiyo turnerida ishtirok etish uchun yo‘llanmam borligi sababli meni kattalar bilan o‘yinga qo‘yishdi;- deya so‘zlarini yakunladi qaxramonimiz. Turnerga 4-maktabning jismoniy tarbiya fani o‘qtuvchisi Xoliqulov Sirojiddin va 15-maktabning  jismoniy tarbiya fani o‘qtuvchisi Ro’zimurodov Salam akalar hakamlik qildilar. So‘ngi natijalariga ko‘ra 6-8 yosh toifasida Norbekov Farxod, 9-11 yosh toifasida Sayfullayeva Dilnura, Lutfullayev Oybek, 12-14 yosh toifasida Lapasova Sabina hamda Abdunazarov Abduhamid, 15-17 yosh toifasida Axmatova Chinora, 18-50 yoshlilar o‘rtasida Sirdaryo viloyatidan Shodiqulov Jamshid hamda 51 yoshdan kattalar o‘rtasida Raxmatullayev Komil birinchilikni qo‘lga kiritdilar. G‘oliblarga homiylar tomonidan diplom va estalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

I.FAXRIDDIN qizi

‘‘Paxtakor hayoti’’ gazetasining muhbiri

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар