Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Pensiya tayinlashda yana bir qo‘shimcha hujjat talab etish bekor qilindi

Pensiya tayinlashda yana bir qo‘shimcha hujjat talab etish bekor qilindi

27 июнь 2022 йил
268
0

 Endilikda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini tayinlash jarayonida oila tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar talab etilmaydi.
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, shuningdek davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan talab etiladigan hujjatlarni bosqichma-bosqich qisqartirish maqsadida Adliya vazirligi va Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlar bazalari o‘rtasida axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu axborot almashinuvi orqali davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolarning oila tarkibi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlari avtomatik tarzda shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Ya’ni, endilikda pensiya tayinlashda nikoh, ajrim va farzandlaringizning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari va ularning nusxalari talab etilmaydi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Paxtakor tuman boʻlimi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар