Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Bayram munosabati bilan pensiya to‘lovlari oldindan yuklab beriladi.

Bayram munosabati bilan pensiya to‘lovlari oldindan yuklab beriladi.

30 август 2022 йил
302
0

 Pensiya to‘lovlari oldindan yuklab beriladi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi PF-35-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 31 yilligini munosib nishonlash maqsadida joriy yilning 1-4 sentyabr kunlari dam olish kuni deb belgilangan. Yurtimizdagi keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya va nafaqa oluvchilarni hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va Mustaqillik bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yilning sentyabr oyi uchun pensiya va nafaqa to‘lov qaydnomalarini avgust oyida shakllantiradi hamda pensiya va nafaqa to‘lovlarini boshlash uchun yetarli mablag‘larni 2022 yil 1 sentyabrga qadar tijorat banklariga moliyalashtirib beradi. Pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz (bank karta) shaklda oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya va nafaqalari 2022 yil 1 sentyabrga qadar ularning bank plastik kartalariga yuklab beriladi. Pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd shaklda oluvchi fuqarolarga joriy yilning 5 sentyabrdan boshlab tasdiqlangan grafiklar asosida to‘lovlar boshlanishini ma’lum qilamiz.


BTPJ Paxtakor tuman boʻlimi

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар