Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Navbatdagi sayyor qabul Paxtakor tumanida bo’lib o’tdi

Navbatdagi sayyor qabul Paxtakor tumanida bo’lib o’tdi

30 август 2022 йил
388
0

 Jizzax viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan navbatdagi sayyor qabul joriy yilning 30 avgust kuni Paxtakor tumanidagi "Bog’ishamol" mahallasida tashkil etildi.

Qabulda DXA viloyat boshqarmasi, teman sektor rahbarlari, tuman fuqarolik va iqtisodiy sudlari, tuman adliya bo’limi, mutasaddi tashkilotlar hamda mahalla mas`ullari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mutasaddilar aholi murojaatlarini qabul qilishdi, mavjud vaziyat, muammolarni har bir soha va yo‘nalish bo‘yicha atroflicha o‘rganishdi. Muloqotlarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar murojaatlariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash yuzasidan tushgan murojaatlarni mutaxassislar ishtirokida o‘rganib chiqilib, huquqiy tushuntirishlar berildi.

— Sayyor qabul davomida fuqarolar turli masalalarda murojaat qilishdi, — deydi viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Ergashev — Bu masalalarni joylarning o‘zida hal qilish mumkin. Faqat mas’uliyat bilan yondashilsa, sansalorlikka yo‘l qo‘yilmasa, odamlarni o‘ylantirayotgan muammolar tez va oson yechim topadi.

Sayyor qabul davomida 50 yaqin muammolar tinglandi, 12 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilib, 13 nafar fuqaro murojaati joyida xal etildi. 25 nafar fuqaroning murojaati tegishli tartibda ko`rib chiqish uchun nazoratga olindi.

 

 

 

 

 

 

 
PAXTAKOR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар