Телефонлар:
(0372) 353-14-44
(0372) 353-10-57
» » Paxtakor tumani 2-sektor hududida olib borilayotgan ishlar.

Paxtakor tumani 2-sektor hududida olib borilayotgan ishlar.

15 сентябрь 2022 йил
70
0

 Paxtakor tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hudud taraqqiyotini tezlashtirmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish rivoji, qishloq va mahallalar obodligi, aholi turmush darajasi yuksalayotganda ham kuzatish mumkin. E’tiborli jihati, xalq roziligi yo’lida olib borilayotgan keng ko’lamli ishlarda 2-sektor ham faol ishtirok etmoqda.

Muammoning katta-kichigi bo’lmaydi. Oddiygina misol, joriy yilning o’tgan davrida tuman prokrori tashabbusi bilan sektor hududidagi 1 ta ehtiyojmand oila uchun uy joylar yangidan qurib berildi, 7 ta uy joy ta’mirlandi. Shu yilning o’zida Paxtakor mahallasida noturar binoda yashovchi ijtimoiy ximoyaga muhtoj Aliqulova Barno o’z farzandlari bilan ikki xonali shinam uyga ko’chib kirdi. Mahalla fuqarolar yig’ini idoralari uchun qulay mehnat sharoiti yaratish masalasi ham doimiy e’tiborda. Zero, aholi bilan faol ish olib boradigan bu maskanga kelgan har bir insonning ko’ngli to’lib chiqmog’i lozim. Shundan kelib chiqib “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig’ini binosi yangidan qurulib faydalanishga topshirildi, “Olmazor”, “Suvonobod” mahalla binolari zamonaviy tusda ta’mirlandi. Bu hali hammasi emas.

Huddudlarda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish orqali yangi ish o’rinlari yaratish yo’li bilan aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlaridan oqilona foydalanilmoqda. Misol uchun 1,5 mlrd so’mlik Davlat xususiy sherikchiligi asosidagi 250 o’rinli  maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etilmoqda. Sektor hududining chorvachilik, parrandachilik, dehqonchlik asosiy “o’sish nuqta”laridan hisoblanadi. Aholining asosiy daromadi ham shundan. Aholining real daromadini oshirish hamda bandligini ta’minlash maqsadida sektor hududidagi Suvonobod mahallasi parrandachilikka ixtisoslashtirildi. Sektorning ezgu ishari ijtimoiy ximoya masalalari, xususan, “ayolllar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlashda ham o’z tasdig’ini topmoqda. Ayni daftarga kiritilgan 326 nafar fuqaroga ijtiomiy yordam ko’rsatish, bandligini ta’minlash bo’yicha “Yo’l xarita” tasdiqlanib, ma’sul idoralar bilan hamkorlikda muayyan ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda ulardan 291 nafarining muammolari yechimini topgan. Xuddi shuningdek, “yoshlar daftari”ga kiritilgan 8 nafar yigit-qizga subsidiya mablag’lari hisobidan texnik asbob uskunalar yetkazib berilib, ular bandligi ta’minlangan. Paxtakor tumanidagi barcha sektorda mahallalar bosqichma-bosqich obodonlashtirilmoqda. Jumladan obodoblashtirish ishlari jarayonida mahallalardagi yo’llar va ichki ko’chalarga asfalt yotqizilmoqda. Xususan 2-sektor hududidagi Paxtakor mahallasi “Gulbahor”, “Sadriddin Ayniy” va “N.Qarshiyev” ko’chalari yo’llariga asfalt yotqizildi.

Yurtboshimiz olib borayotgan islohatlar amalda o’z isbotini topmoqda bundan albatda Paxtakor ahli minnatdor!

 

 

 

 

 

PAXTAKOR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар