Телефонлар:
(0372) 353-14-44
(0372) 353-10-57
» » Nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalari qayta hisoblash to‘g‘risida Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullandi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalari qayta hisoblash to‘g‘risida Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullandi

21 сентябрь 2022 йил
39
0

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalari qayta hisoblash to‘g‘risida Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullandi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ijtimoiy adolat printsiplaridan kelib chiqib moddiy qo‘llab-quvvatlash va ularning turmush darajasini oshirishga qaratilgan izchil islohotlarni amalga oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 apreldagi “Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-230-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2023 yil 1 yanvardan boshlab nogironlik pensiyasini oluvchi shaxslarning pensiya tayinlangandan keyingi ishlagan vaqtini har ikki yilda bir marotaba kamida bir yillik ish stajiga ega bo‘lganida pensiya miqdorini qayta hisoblash huquqini yaratish vazifasi yuklatilgan.
Qarorda belgilangan vazifa ijrosi ta’minlash maqsadida Pensiya jamg‘armasi tomonidan 2023 yil 1 yanvardan e’tiboran nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiya tayinlanganidan keyingi orttirilgan mehnat staji va oylik ish haqlari har ikki yilda bir marotaba kamida bir yillik mehnat stajiga ega bo‘lganlarida nogironlik pensiyalarini qayta hisoblashni nazarada tutuvchi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqilgan.
Qonun qabul qilinsa 75 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslarning nogironlik pensiyalari o‘rtacha 300 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdorlarda qayta hisoblanadi.

B.Xamrayev Paxtakor tuman pensiya jamgʻarmasi pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlarni tayinlash va toʻlovlarni tashkil qilish shoʻbasi katta inspektori.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар