Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumanida Uch avlod uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Paxtakor tumanida Uch avlod uchrashuvi bo’lib o’tdi.

28 сентябрь 2022 йил
275
0

 Tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar el-yurtimiz hayotida goʻzal anʼanaga aylandi. Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu gʻoya asosida oʻtkazilgan “Uch avlod uchrashuvi” Paxtakorliklarni harbiy qismga birlashtirdi.

Yoshi ulugʻ otaxon va onaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi, yoshlik davridagi oʻziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida oʻz dil soʻzlarini, samimiy fikrlarini bildirdi. El-yurt ravnaqi yoʻlida mamlakatimiz rahbariga yaqin koʻmakchi, kamarbasta boʻlish lozimligi uch avlodga mansub yurtdoshlarimiz oʻrtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi.


Prezidentimizning olis va chekka, koʻpmillatli aholi maskanlarini rivojlantirishga qaratayotgan doimiy eʼtibori, viloyatga tashriflari chogʻida bunday hududlarda yashovchi aholi vakillari bilan uchrashuvlarda bergan topshiriqlari tufayli Juzquduq, Qulquduq, Oʻtamurod, Keregetov, Chuya singari yuzlab qishloq va ovullar qiyofasi, u yerlarda yashayotgan yurtdoshlarimiz dunyoqarashida tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Ayniqsa, bunday hududlarda yashovchi yoshlar uchun turli sohalarda alohida imtiyozlarning joriy etilgani ular oldida katta imkoniyat eshiklarini ochib berdiki, bundan ularning minnatdorligi cheksiz, albatta.Umuman, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari, boshqa qator loyihalar amalga oshirilayotgan natijasida viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi qishloq va mahallalar qiyofasi oʻzgarmoqda, xalqning roziligiga erishilmoqda. Rozilik boʻlgan joyda esa baraka, muvaffaqiyat boʻladi.

Jonajon Oʻzbekistonimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik muhitini koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash, bunday bebaho boylikni muttasil mazmunan boyitib borish masalalari anjumanda soʻzga chiqqanlar nutqida, dasturxon atrofidagi gurunglarda, ijro etilgan kuy-qoʻshiq va raqslarda ham alohida ajralib turdi. Ona Oʻzbekiston taraqqiyoti yoʻlida bir musht boʻlib, davlatimiz rahbariga tayanch va suyanch boʻlib, yashash, mehnat qilish, kelgusi avlodlarni shu ruhda kamol toptirish muqaddas burch ekani bir ovozdan baralla yangradi.Oʻzbekiston Qahramonlari, vatanimizning boshqa yuksak mukofotlariga loyiq koʻrilgan turli soha vakillari, ibratli hayot yoʻlini bosib oʻtgan otaxon va onaxonlar, jamoatchilikning taniqli namoyandalari, yoshlar vakillari. Ularning mana shunday shukuhli kun, fayzli oqshomda birga kechgan onlari, olgan olam-olam taassurotlari fotosuratlarga muhrlandi. Chunki aynan shu kechada barcha uchun yangi marralar belgilab olindi, Yangi Oʻzbekiston uchun yangi tashabbuslar, gʻoyalar ilgari surildi. Ular esa shubhasiz real hayotiy natijalarga aylanib, yurtimizni taraqqiyotning yanada baland choʻqqilariga olib chiqishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

PAXTAKOR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар