Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Aholini ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.

Aholini ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.

21 февраль 2022 йил
474
0

Aholini ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.

 Qaror bilan belgilangan Shaxsga doir ma’lumotlarni  yig‘ish tartibiga ko‘ra, ro‘yxatga  olish ishlari ikki xil usulda -qog‘oz shakli hamda internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.

Birinchi usulda  ro‘yxatga  oluvchi xodimlar uyma-uy yurib, so‘rov o‘tkazadi va savollardan iborat varaqani respondentlarning so‘zlari asosida to‘ldiradi.

Bunda ro‘yxatga olish ishlari besh xil shakldagi so‘rovnomalar-turar joyning xususiyatlari   va  unda yashovchilar ro‘yxati, shaxsga  oid savolnoma, O‘zbekiston  Respublikasiga  vaqtincha  kelgan chet el fuqarolari uchun savolnoma, aholining ayrim toifalariga nisbatan  shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha savolnoma hamda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha  O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun nazorat varaqasi berish asosida o‘tkaziladi.

 So‘rovnomalar asosiy demografik ko‘rsatkichlar, aholining  mexanik harakati, migratsiyasi, milliy xususiyatlari, fuqaroligi, ta’lim darajasi, uy xo‘jaligi a’zolarining  iqtisodiy holati, bolalar soniga oid savollardan iborat bo‘ladi.

Yashab turgan xonadonida ro‘yxatdan o‘tishni istamagan respondentlar uchun ro‘yxatga olish so‘rovnomalarini to‘ldirish ularning o‘zlari yashab turgan mahallalarda tashkil etiladigan instruktorlik uchastkalarida amalga oshiriladi. Respondentlar tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi va ularning mazmuni oshkor etilmasligi ro‘yxatga oluvchi tomonidan kafolatlanadi.

Ikkinchi usulda respondentlarga qulaylik yaratish maqsadida internet jahon axborot tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi. Bunda so‘rovnomalar aholining o‘zi tomonidan maxsus dastur orqali to‘ldirilib, belgilangan  elektron  manzilga  jo‘natiladi.

 


Paxtakor tumani  statistika bo‘limi

 

Tel: 72-353-13-18

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.
27 декабрь 2021, Понедельник
Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар