Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, o‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 128 yilligi va buyuk sarkarda hamda davlat arbobi Amir Temur tavalludining 686-yilligiga bagʻishlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, o‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 128 yilligi va buyuk sarkarda hamda davlat arbobi Amir Temur tavalludining 686-yilligiga bagʻishlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

09 апрель 2022 йил
487
0

Joriy yilning 9-aprel kuni Paxtakor tuman ichki ishlar bo‘limida, shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, o‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 128 yilligi va buyuk sarkarda hamda davlat arbobi Amir Temur tavalludining 686-yilligiga bagʻishlab “Amir Temur — Ikkinchi Renessans homiysi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo’linmasi, “Paxtakor  Hayoti” gazetasi, Xalq ta’lim bo’lim vakillari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

Oʻzbek davlatchiligining tarixan shakllanishiga Amir Temur qoʻshgan buyuk hissa, uning siyosiy, diplomatik faoliyati bilan bogʻliq jihatlar muloqotning asosiy mavzusi boʻldi. Taʼkidlanganidek, Vatanimiz tarixining ikkinchi Renessansi Amir Temur va temuriylar davriga toʻgʻri keladi. Ushbu davrda Sohibqiron markazlashgan davlat tizimini yaratdi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, fan va madaniyat ravnaqiga juda katta eʼtibor qaratdi. Natijada shaharsozlik, meʼmorchilik, ilm-fan, madaniyat va sanʼat sohalari jadal rivojlandi. Xalqaro savdo va diplomatik aloqalar faollashdi. Boshqacha aytganda, oʻlka dunyoning eng buyuk siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaziga aylandi.

Buyuk sarkardaning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik, ilmu fan, sanʼat va meʼmorchilikka oid qarashlari, hayot, ezgu amallar haqida bildirgan fikrlari, har bir masalada yetti oʻlchab, el manfaatini oʻylab ish tutish bilan bogʻliq ibratli fazilatlari uning “Temur tuzuklari” asarida batafsil yoritilgan. Ushbu asar oʻlmas durdona sifatida alohida qadr-qimmatga ega.

Amir Temurning adolatli jamiyat barpo etish, xalq farovonligini taʼminlash, oʻzaro hamjihatlik, bagʻrikenglik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga oid ezgu tamoyillari bugun yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy islohotlar bilan hamohang ekanligi alohida taʼkidlandi. Jumladan, mamlakatimizda milliy davlatchilikni shakllantirish, xalqni rozi qilish yoʻlida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ochiq muloqot tarzida kechgan tadbirda xizmatchilar Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo’linmasi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар