Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.

12 апрель 2022 йил
221
0

Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.

 

 

Qaror bilan belgilangan Shaxsga doir maʼlumotlarni yig‘ish tartibiga ko‘ra, ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda  - qog‘oz shakli hamda internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.

Birinchi usulda ro‘yxatga oluvchi xodimlar uyma-uy yurib, so‘rov o‘tkazadi va savollardan iborat varaqani respondentlarning so‘zlari asosida to‘ldiradi. Bunda ro‘yxatga olish ishlari besh xil shakldagi so‘rovnomalar - turar joyning xususiyatlari va unda yashovchilar ro‘yxati, shaxsga oid savolnoma,  O‘zbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan chet el fuqarolari uchun savolnoma, aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir maʼlumotlarni yig‘ish bo‘yicha savolnoma hamda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun nazorat varaqasi berish asosida o‘tkaziladi.

So‘rovnomalar asosiy demografik ko‘rsatkichlar, aholining  mexanik harakati, migratsiyasi, milliy xususiyatlari, fuqaroligi, taʼlim darajasi, uy xo‘jaligi aʼzolarining  iqtisodiy holati, bolalar soniga oid savollardan iborat bo‘ladi.

 Yashab turgan xonadonida ro‘yxatdan o‘tishni istamagan respondentlar uchun ro‘yxatga olish so‘rovnomalarini to‘ldirish ularning o‘zlari yashab turgan mahallalarda tashkil etiladigan instruktorlik uchastkalarida amalga oshiriladi.

 Respondentlar tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi va ularning mazmuni oshkor etilmasligi ro‘yxatga oluvchi tomonidan kafolatlanadi.

Ikkinchi usulda respondentlarga qulaylik yaratish maqsadida internet jahon axborot tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.

Bunda so‘rovnomalar aholining o‘zi tomonidan maxsus dastur orqali to‘ldirilib, belgilangan elektron manzilga  jo‘natiladi.

 Paxtakor tumani statistika bo‘limi

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi
07 март 2022, Понедельник
Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi
Aholini ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.
21 февраль 2022, Понедельник
Aholini ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.
27 декабрь 2021, Понедельник
Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар