https://simpatik.rri.go.id/images/ https://simponi.sukabumikota.go.id/vendor/sdana/ https://simpatik.rri.go.id/css/slot-dana/ http://sirika.bkkbn.go.id/svg/ https://fh.uki.ac.id/vendor/ https://buku.ortax.org/sgacor/ https://feb.uki.ac.id/vendor/common/ https://online.umm.ac.id/css/
 Davlat pensiyalarini to‘lash tizimini yanada takomillashtirish borasida » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Davlat pensiyalarini to‘lash tizimini yanada takomillashtirish borasida

Davlat pensiyalarini to‘lash tizimini yanada takomillashtirish borasida

23 апрель 2022 йил
403
0

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” ma'lumot.

Pensiya, nafaqa, kompensasiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash va yetkazib berishda fuqarolarga qulayliklar yaratish, to‘lov tizimining zamonaviy usullarini keng joriy qilish va ushbu sohaga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari turlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 apreldagi “Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensasiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-198-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan 2022 yil 1 maydan boshlab pensiyalar, nafaqalar, kompensatsiyalar, kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullarini bank kartalari orqali oluvchilarning pensiya va nafaqa miqdorlariga 1 foizlik qo‘shimcha to‘lov to‘lanishi joriy qilinadi, ya’ni pensionerlarning bank kartalariga 1 foiz ortiqcha pul kelib tushadi.

Ma’lumki, fuqarolar bank kartasi orqali mablag‘larni (jumladan pensiya va nafaqalarni) bankomat orqali naqdlashtirishda ulardan 1% bank xizmat haqi ushlab qolinmoqda. 2022 yil may oyidan boshlab pensiya va nafaqalarni bank kartasi orqali oluvchilarga 1 foiz qo‘shimcha berish orqali fuqarolarning ushbu xarajatlari qoplanadi. Ya’ni, fuqaro pensiya va nafaqalarni bankomatlardan naqdlashtirib olayotganda, qo‘shib berilgan 1 foiz yechib olinadi va bunda fuqaroning pensiya miqdoriga tegilmaydi.

Bunda, fuqaro pensiya va nafaqa pulini naqdlashtirmasa yoki savdo va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bank kartasi orqali xisob-kitob qilinsa ham 1 foizlik ustama fuqarodan qaytarib olinmaydi va uning hisobida qoldiriladi.

Pensiya va nafaqalarni naqd pul shaklida oluvchilarga mablag‘lar Xalq banki sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishi davom ettiriladi. Bunda, ushbu to‘lovlarni fuqarolarga yetkazib berilganligi uchun Pensiya jamg‘armasi tomonidan Xalq bankiga 1 foiz xizmat haqi to‘lanadi, ya’ni fuqaro Xalq bankiga o‘z hisobidan hech qanday xizmat haqi to‘lamaydi.

Ushbu qo‘shimcha to‘lovlar uchun joriy yil fuqarolarga Pensiya jamg‘armasi hisobidan 168,6 mlrd so‘m va Respublika byudjetidan 42,6 mlrd so‘m jami 211,2 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi.

E’tibor berish kerak-ki, yuqoridagi 1 foizlik xarajatlar pensiya va nafaqa oluvchilar tomonidan amalga oshirilmaydi va Pensiya jamg‘armasi va Respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.

Shuningdek, Qarorga muvofiq pensiya va nafaqalar, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” hisobidan moddiy yordamlar, mehnat organlaridan to‘lanadigan ishsizlik nafaqasi va stipendiyalar hamda jazoni o‘tab ozodlikka chiqqan fuqarolarga moddiy yordamlar har oyning 5-sanasiga qadar moliyalashtiriladi va ushbu to‘lovlar Xalq banki sayyor kassalari tomonidan mahallalarga yetkazib beriladi.

Bundan tashqari, Xalq banki sayyor kassalari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlariga borgan holda fuqarolarning roziligi asosida pensiya va nafaqalarni ularning bank kartalaridan naqdlashtirib berish tizimi joriy etiladi. Shuningdek, Qarorga muvofiq Xalq banki tomonidan 2022 yilning oktabr oyiga qadar olis tumanlarda 1 800 ta bankomatlarni o‘rnatilishi belgilangan bo‘lib, bu orqali chekka hududlarda fuqarolarga bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Paxtakor tuman bo'limi boshlig'i A.T.Saitqulov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар