Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Nuroniylar e’zozda 90-yoshli Murodim bobo

Nuroniylar e’zozda 90-yoshli Murodim bobo

19 май 2022 йил
273
0

 O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek keksa yoshdagi fuqarolarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘la huquqli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, katta avlodning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirish maqsadida:-Tumanimizda 3 avlod uchrashuvi bo’lib o’tdi. O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, tuman hokimlik vakillari, yoshlar ishlar agentligi va 12-maktab o’quvchi yoshlari bilan birgalikda tumanimizning Paxtakor mahallasi Chamanzor ko’chasida istiqomat qiluvchi nuroniy otaxonimiz Mirzoqov Murodim boboning honadoniga tashrif buyurdik. Xalqimizda ajoyib bir naql bor Qarisi bor uyning-parisi bor deb bejizga aytishmagan. Biz 90-yoshni qarshilagan Murodim boboning nurli yuzidan 90 yoshni qarshilagan deb aytaolmaymiz. Hozirda “Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik” degan ezgu g'oya ostida tashkil etilgan uch avlod uchrashuvi doirasidagi rang-barang tadbirlar mamlakatimizda bo'layotgan ishlarning amaldagi ifodasi deyish mumkin. Yoshi ulug' nuroniy otaxon va onaxonlarimiz hayot yo'li, ularning boy tajribasi – yoshlarga o'rnak. Shu boisdan ham tumanimiz bo’lib o'tayotgan samimiy uchrashuv va suhbatlarda yosh avlod o’ziga ishonch va g’ayrat hissini tuymoqda. Murodim bobo bilan 50 yildan ortiq vaqt davomida umr  yo’lini bog’lagan Bayna onamiz bilan 7 nafar farzandlarni dunyoga keltirishdi. Murodim bobo uzoq vaqtlar davomida xisobchi lavozimida ishlaganligi, hayot yo’lida turli xil sinovlarni boshidan kechirganini va hozirgi yoshlarga hukumatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilganligi va bunday imkoniyatdan samarali foydalanish kerakligi to’g’risida maktab o’quvchilariga o’z fikrlarini o’rtoqlashdi. Maktab o’quvchilari ham o’zlari yod olgan she’rlari bilan bobomizni dilini ko’tarishdi. Tadbir so’ngida tumanimiz mutasaddilari, yoshlar ishlar agentligi tomonidan estalik sovg’alar hamda tabrik so’zlari o’qib eshittirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tuman hokimligi axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар