Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumanida hokim yordamchilariga zamonaviy planshetlar topshirildi

Paxtakor tumanida hokim yordamchilariga zamonaviy planshetlar topshirildi

28 май 2022 йил
452
0

 Paxtakor tuman hokimligi majlislar zalida sektor rahbarlari tomonidan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan ajratilgan, hokim yordamchilari uchun maxsus imkoniyatlarga ega planshetlar oʻz egalariga topshirildi. 

Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, aholi o’rtasida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan ko’plab sayi-harakatlar olib borilmoqda. Bu borada har bir tuman, shaharlar bo’yicha mahallalarda tayinlangan hokim yordamchilarining o’rni, ahamiyati ortib bormoqda.

Joriy yilning 20-may kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumanida mavjud 15 ta mahallalardagi hokim yordamchilarining ish samaradorligini oshirish, ularning ish faoliyatida qo’shimcha qulaylik yaratish maqsadida ularga zamonaviy planshetlar topshirildi.

Tuman hokimi Sarvar Ashurov hamda sektor rahbarlari, tizim tashkilotlari mas’ullari ishtirokida bo’lib o’tgan uchrashuvda tuman hokimi yordamchilariga planshetlarni topshirib, ularning ish faoliyatida kuch-quvvat, muvaffaqiyat tiladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida inson qadrini ulug’lash uchun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar davomida “mahallabay” ishlash tizimi orqali hududlarni kompleks rivojlantirish, davlat siyosatini mahallagacha tushirish, aholi bandligini ta’minlash, ularning daromadini ko’paytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, Ishsiz ayollar sonini kamaytirish va o‘zini-o‘zi band qilishga ko‘maklashish borasida o‘z oldiga aniq maqsadlarni qo‘ygan “Do‘stlik” mahallasi hokim yordamchisi O.Otajonova tashabbusi bilan “G‘oyadan-biznes rejagacha” nomi bilan 1 haftalik o‘quv kursini tamomkagan 10 nafardan ziyod bitiruvchilari “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi tomonidan taqdim etilgan sertifikatlarni tuman hokimi A.Ashurov tomonidan qabul qilib oldilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tuman hokimliga axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар