PAXTAKOR TUMANIDA YOSHLAR DAFTARIDA TURGANLARGA E’TIBOR.
PAXTAKOR TUMANIDA YOSHLAR DAFTARIDA TURGANLARGA E’TIBOR.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg’risidagi” PQ-92 sonli qaroriga koʻra, har bir mahallada Yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi. Yoshlar yetakchilari yoshlarimizni tayanchi va suyanchi boʻilb, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ish bilan ta’minlash va boshqa muammolarini oʻrganib “Yoshlar daftari” orqali yordam berib kelmoqdalar. Buni misoli sifatida kuni kecha Respublika byudjeti mablag’lari hisobidan Paxtakor tumani Yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlar daftariga tavsiya berilgan 14 nafar yoshning haydovchilikga o’qitish xarajatlari uchun 14 mln (oʻn to’rt) million soʻm va 23 nafar muddatli harbiy xizmatga boradigan yoshlarimizga 130,7 mln (bir yuzi oʻttiz million yetti yuz ming soʻm) miqdorda pul mablag’lari toʻlab berildi. Tumanimiz yoshlari bundan juda xursand boʻlib Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan shunday katta e’tiborga va mahallalardagi yoshlar yetakchilariga oʻz minnadorchiliklarini bildirdilar.