Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Yurtimizda umumta‘lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi.

Yurtimizda umumta‘lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi.

05 сентябрь 2022 йил
296
0

 Paxtakor tumani umumta‘lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi.

“Bilimlar kuni” tadbiri uchun ssenariylar tuzilib, tadbir ushbu ssenariy asosida tashkil qilindi. “Bilimlar kuni” tadbirini maktab direktori Sulaymonov N kirish so‘zi bilan ochib berdi. Yig‘ilish raisi N Sulaymonov  o‘z nutqida maktabda yangi o‘quv yiliga qo‘yilgan maqsad va vazifalar haqida  so’zladi, Mustaqillikning 31 yilligi davomida davlatimiz erishgan yutuqlari beqiyosdir. Joriy yilning yozgi sport musobaqalarida maktabimiz o’quvchilari   Valebol sport turida “O’zbekiston Chempionatida” qizlar jamoasi faxrli 2-o’rinni, 2022 Umid nihollari musobaqasining viloyat bosqichida 3-o’rinni egalladi. Maktabimizda 78 nafar pedagog xodimlar faoliyat yurutib, shulardan 21 nafar oliy toifa, 15 nafar 1-toifa, 28 nafar 2-toifali o’qituvchilar faoliyat yurutmoqda va maktabning umumiy o’quvchilar soni 1212 nafarni tashkil qilmoqda. Yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlarning mavjudligini dalil va raqamlar asosida asoslab berdi. “Bilimlar kuni” tadbiri “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida tashkil etildi. “Bilimlar kuni” tadbirida maktabda ilk pedagogik faoliyatini boshlagan fan o‘qituvchilari tanishtirildi. 2021-2022 o‘quv yilida maktabni tamomlab oily ta`lim muassasalariga kirib talaba bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalari taqdirlandi.

Yig`lishda Paxtakor tuman hokimi Ashurov Asilbek Rahmonovich so‘zga chiqib kelajak avlodga davlatimiz tomonidan berilayotgan e`tibor va talablar davlatimizning ravnaqi uchun fidoiy bo‘lishga o‘quvchilarni chaqirdi. Faxriy ustozimiz  Tojiboyev E so‘zga chiqib, yuqorida bildirilgan fikrlarga qo‘shilib yosh avlodni yanada faol bo‘lishlikka, obod va ozod davlatimizning gullab yashnashi uchun bilimlarni mustahkamlab, kelgusida davlatimiz ravnaqi uchun xizmat qilishni ta`kidlab o‘tdi. Paxtakor tuman xalq ta`limi bo‘limi vakili Tatyana Yegorovna  yig‘ilish qatnashchilarini yangi 2022-2023 o‘quv yili bilan tabriklab, ta`lim tizimiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan maktab o‘qituvchilarini, hamda fan olimpiyadalari, sport musoboqalarida, ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni taqdirladi. Shu bilan bir qatorda O’zbekiston va Rassiya Federatsiyasi hamkorligida Rassiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan “ЗУР” klas loyihasi pedagog mehmon Afanaseva Evgeniya Valentinovna so’zga chiqib loyiha haqida so’zladi va bayram bilan barcha qatnashchilarni tabrikladi. Shundan so’ng tuman hokimi va mehmonlar birinchi sinf sovg’alarini tabrik sifatida berishdi.

Bayram tadbirida 39 ta sinfdan 550 nafar o‘quvchilar, 74 nafar ota-onalar, 60 nafar pedagog xodim ishtirok etdi. 1-sinfga 155 nafar o‘quvchilar qabul  qilinib, ularga Prezident sovg‘asi ulashildi. Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Tadbir davomida hech qanday ko‘ngilsizlik ro‘y bermadi. Tadbirni yig‘ilish raisi maktab direktori Sulaymonov N yakunlab tadbir qatnashchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Tadbirdan so‘ng boshlang‘ich 1-4-sinflarda 2-soatdan, yuqori 9-11-sinflarda 5-soatdan Mustaqillik darslari o‘tildi.  Paxtakor tuman hokimi Ashurov Asilbek Rahmonovich 11-A, 11-B sinflarda Mustaqillik darslarida qatnashdi. O‘qituvchilar va o‘quvchilarda “Bilimlar kuni” tadbiri, “Mustaqillik dars” lari katta taassurot qoldirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

PAXTAKOR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар