Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » PAXTAKORDA “1 OKTYABR – O’QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI”GA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

PAXTAKORDA “1 OKTYABR – O’QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI”GA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

01 октябрь 2022 йил
345
0

  1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Paxtakor tumanidagi “FAYZ” tantanalar saroyida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sektor rahbarlari, yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelayotgan pedagog o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylar hamda faxriy o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

 

 

 

Tadbir avvalida tuman hokimi Asilbek Ashurov ustoz va murabbiylarni bugungi kasb bayramlari bilan tabriklab, kelajak egalarimizga ta’lim-tarbiya berish yo‘lidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, joriy yilda ta’lim sohasida erishgan yutuqlarga ham to‘xtalib o‘tdi.

 

 

 Shundan so‘ng bir guruh ustoz va murabbiylarga faxriy yorliq va bayram sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

 

 

 


 

 To‘kin dasturxon atrofidagi gurung va suhbatlar tadbir ishtirokchilarini, ta’lim tizimi xodimlarini bir birlariga yanada yaqinlashtirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bayram tadbiri mehmonlarning dil so‘zlari hamda tuman Madaniyat uyi xonandalari va maktab o‘quvchilarining kuy-qo‘shiqlari bilan ko‘tarinki ruhda davom etdi.

 

PAXTAKOR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар