Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27

MATBUOT ANJUMANI

08 октябрь 2022 йил
414
0

 PAXTAKOR TUMANI MAKTABGACHA TA’LIM BO‘LIDA “AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR, BUGUNGI NATIJALAR ERTANGI ISTIQBOL”MAVZUSIDA MATBUOT ANJUMANI


Paxtakor tumanida 14ta Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan 13 tasi zamonaviy tipdagi, 1 tasi moslashtirilgan binolarda joylashgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillardagi maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori hamda Paxtakor tuman hokimining 2020 yil 29 dekabrdagi 572-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2022 yil 12 fevral kuni” Bog‘ishamol” qishloq fuqarolar yig‘inidagi Paxtakor pedagogika kolleji binosida 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti  tashkil etildi. 90 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib 90 nafar tarbiyalanuvchi  qamrab olingan.

TA’LIM-TARBIYAVIY JARAYON

 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 155-sonli buyrug‘i asosida barcha lavozimdagi xodimlarning ish hujjatlarini tashkil etish bo‘yicha tashkilot rahbarlari uchun seminar o‘tkazildi va shu asosda ish hujjatlari yuritilmoqda. 1-3-16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlariga har bir hujjat bilan ishlash yuzasidan zarur maslahat va metodik yordam kursatildi.

Tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini metodik taminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim  vazirining 2020 yil 2 maydagi 128 sonli buyrug‘ini tadbiq etish maqsadida tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan barcha pedagog kadrlar va mutaxassislar uchun tashkil etilgan seminarda barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarining     pedagoglarini bilim va malakasini oshirish hamda oʻz ustida ishlashni tashkil etish, metodik kengash yigilishlarini oʻtkazish va kengash faoliyati rivojlantirish  maqsadida joriy yilning 16-iyul kuni "Axborot kutubxona markazida seminar tashkil etildi.

   Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning zamonaviy inavatsion ta’lim metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida  yuqori samaradorlikka erishish maqsadida 2022yil 25 aprel kuni 5-sonli DMTT Innovatsiya ko‘rgazma mavzusida amaliy semenar o‘tkazildi. Tanlovda  mazkur soxa tarbiyachilari o‘z  innovatsiya ko‘rgazmalarini namoyish qilishdi.

  2022yil  12 aprelda 13-sonli DMTTda  ”Tabiat bolalar  nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkazild Maktabgacha ta’lim vazirligi  xodimi  viloyat maktabgacha  ta’lim boshqarmasi xodimi  J.Ximmatov tanlov ishtirokchilarining  ota-onalar ishtirok  etdilar.

  2022 yil 23-aprel kuni tuman Moliya bo‘limi faollar zalida MTB mudirining Sayyor  qabuli  o‘tkazildi.  8 nafar fuqaro  ish bilan ta’minlandi.

                                     MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR

    O‘zbekiston Respublikasida bolalar sportini rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida sportning shaxmat turniriga bo‘lgan qiziqishini ommalashtirish, kelajakdagi sport zaxiralari uchun zamin yaratish, ota-onalar, pedagoglar, maktab yoshdagi bolalar o‘rtasida sportning bu turini targ‘ib qilish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida” Shaxmat turniri” tanlovi bo‘lib o‘tdi Tuman bosqichining “Shaxmat turniri”da DMTT tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etishdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida 6 sonli va qiz bolalar o‘rtasida 13 sonli DMTT tarbiyalanuvchilari faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib viloyat bosqichiga yo‘llanma olishdilar.

 2022 yil 14 mart  kuni tumandagi 4-sonli DMTMda Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida“Vatan-muqaddas, uni qo‘riqlash sharafli burchdir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tuman xokimi tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, tuman Mudofaa bo‘limi, ichki ishlar bo‘limi vakillari, mahalla faollari ishtirok etishdi.

Barcha MTMlarda O‘zbekiston respublikasi Prezidentining Ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risidagi 28.07.2017 yildagi PQ-3160 qarorini ta’minlash yuzasidan har juma kuni “Ma’naviyat soati”ni o‘tkazish tashkil etildi va umumhalq bayramlari doirasida, xalqaro sanalar yo‘nalishida, tarixiy sanalar munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar reja asosida nishonlanib kelinmoqda.

2022 yil 9 fevral kuni 6-sonli DMTMda katta guruhlar ishtirokida “Buyuk ajdodlarimiz qoldirgan meros” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi. Tadbir jarayonida tarbiyalanuvchilar buyuk ajdodlarimiz A. Navoiy va Z.M.Bobur ijodi va hayoti bo‘yicha ma’lumot oldilar. Ayniqsa, tadbirda tarbiyachi xodimlar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyishi katta taassurot qoldirdi.                                                        

2022 yil 5-7 mart kunlari barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “8 mart- Xalqaro Xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Onajonim-quvonchim”mavzusida bayram tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlarda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limidan, mahalla fuqarolari yig‘inidan vakillar, faxriy pedagoglar, ota-onalar ishtirok etdilar. Tadbirlarda tarbiyalanuvchilar o‘zlarining qo‘shiq va raqslari, she’rlari va sahna ko‘rinishlari bilan barchani xursand qildilar.

 Tuman qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi teatr repuartuaridagi g‘oyaviy jihatdan yosh avlod ongida vatanga, oilaga, muhabbat, do‘stlik, kitobxonlik, ilm-ma’rifat va milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhini singdirishni targ‘ib qiluvchi yangi sahnalashtirilgan “Tilla tuyoqli ohu”nomli spektaklni 2022 yil iyun oyi davomida tumandagi barcha MTT tarbiyalanuvchilariga namoyish etildi.

 2022 yil 24 mart kuni “Navro‘z umumxalq bayrami” munosabati “Aziz vatandoshlar, har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tuman miqyosidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Paxtakor tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-xodimlari milliy ko‘rgazmalari ya’ni, folklor ansamblining musiqali chiqishlari, milliy taomlari, milliy o‘yinlar, qo‘g‘irchoqlar teatri namoyishi bilan ishtirok etib, Paxtakor tumanida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar o‘rtasida faxrli o‘rinni egallab, Hokimlik tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

 MTB barcha xodimlari “Navro‘z umumxalq bayrami”munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, yolg‘iz qariyalar, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oila xonadonlariga tashrif buyurib e’tibor ko‘rsatildi.

Tumanning 4 sonli DMTTda 2022 yil 18 mart kuni Maktabgacha yoshdagi bolalarning yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishlarini, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, bolalarga yo‘l harakati qoidalarini, jumladan, velosiped haydash ko‘nikmalarini va yo‘llarda o‘tish tartibini o‘rgatish maqsadida 2022 yil 11 may kuni Paxtakor tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasida “Yo‘l harakati xavfsizligi-o‘z qo‘lingda” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovning tuman bosqichida 14 ta DMTM tarbiyalanuvchilari jamoalari qatnashdilar. Paxtakor tuman IIB boshlig‘i Axmedov Elyor tashrif buyurdilar va ko‘rik-tanlov ishtirokchilarini tabrikladilar. Ko‘rik-tanlov NIZOMga muvofiq 4ta shart asosida o‘tkazildi. Musobaqa yakuniga ko‘ra 5-sonli DMTM tarbiyalanuvchilari jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. 2-sonli DMTM jamoasi 2-o‘rinni, 9-sonli va 7-sonli DMTM jamoalari 3-o‘rinni egalladilar. Ko‘rik-tanlov g‘oliblari tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi va homiy tashkilotlar tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 “9 may – Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Paxtakor tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari bayramona bezatildi, xodimlar o‘rtasida ma’naviy o‘qish soatlarida Xotira va qadrlash kunini ulug‘lovchi targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Barcha MTMlarda “Ajdodlarni xotirlash-muqaddas qadriyat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Joylardagi 1941-1945 yillar urush va mehnat faxriylar, Qurolli kuchlar faxriylari va harbiy xizmatchilar taklif etilib, “Avlodlar uchrashuvi”, “E’zoz”, “Extirom” rukni  ostida ma’naviy-ma’rifiy va vatanparvarlik yo‘nalishlaridagi suhbatlar o‘tkazildi. Joriy yilning 8 may kuni Paxtakor tuman Xotira maydonida “9 may – Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan tuman tadbirida Maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari va bo‘lim tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotsi mudiralari ishtirok etib, “Motamsaro ona haykali” poyiga gulchambar qo‘yishdi. Bayram tadbiriga tashrif buyurgan aziz mehmonlarga ya’ni, keska avlod vakillariga guldastalar taqdim etildi.

Tumanimizdagi “Mo‘jiza” bolalar istirohat bog‘ida “1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag‘ishlangan tadbir ko‘tarinki ruhda keng nishonlandi. Ushbu tadbir “Paxtakor hayoti” tuman gazetasida chop etildi.1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” ni keng nishonlashdan asosiy maqsad, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha bolalarning qalbida shu yurtga bo‘lgan mehrini, vatanparvarlik hissini uyg‘otish, bolalarning o‘z iqtidorlarini namoyon etishiga imkon yaratish, ularda iste’dod uchqunini aniqlash va rivojlantirish, jamiyatda o‘zlarining munosib o‘rinlarini topishlari uchun ko‘maklashishdan iborat. Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularning xuquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirishga e’tibor qaratildi.

 2022-2023 o‘quv yili uchun maktabgacha talim tizimida asosiy vazifalar

  1. Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish.

  Bunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun takomillashtirilgan «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturini amaliyotga keng joriy etish, ishlab chiqarilayotgan o‘quv-metodik va didaktik materiallar mazmunini takomillashtirish hamda ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

  1. Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari tarkibi sifatini oshirish va ularni kasbiy rivojlantirish.

 Bunda, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oliy ma’lumotli pedagog kadrlarni keng jalb etish maqsadida pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari bilan tizimli xamkorlikni yulga kuyish malaka oshirishning kredit modul tizimiga asoslangan uzluksiz tizimni joriy etish qisqa muddatli mualliflik kurslarini ishlab chiqish va unda rahbar xamda pedagog kadrlarni o‘qitish

                   3.Maktabgacha ta’limda  innovatsiyalarni  joriy qilish

  Bunda, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga innovatsion va axborot texnologiyalarini, keng joriy etish orkali raqamli transformatsiya jarayonlarini rivojlantirish rahbar va pedagog kadrlarni raqamli innovatsion rivojlantiruvchi muxitdagi faoliyatlarini kengaytirish, pedagoglar, metodistlar oto-onalarning Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi axborot tizimlari - "Bolalik akademiyasi", "Bebbo"va boshqa raqamli platformalaridan keng foydalanishlarini tashkil etish va rag‘batlantirish "Bolalar bog‘chasi axborot tizimidan foydalanish kompetensiyalarini oshirish.

  1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2022-2023 o‘quv yilida Yil bog‘chasi,Yil direktori ko‘rik tanlovlarini o‘tkazish.
  2. Bolalarning fikrlash qobilyatlarini o‘stirish matematik tasavvurlarini rivojlantirish maqsadida barcha DMTT Men’tal arfemetika to‘garaklarini tashkil etish.


     

     

     

     

     

     

     

     


    PAXTAKOR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

                

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар