Телефонлар:
(0372) 353-14-44
(0372) 353-10-57
» » Paxtakor tumani Kengashi fermer va dehqonlar hamda tomorqa yer egalariga murojaati

Paxtakor tumani Kengashi fermer va dehqonlar hamda tomorqa yer egalariga murojaati

04 ноябрь 2022 йил
52
0

 O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari  Paxtakor tumani Kengashi fermer va dehqonlar hamda tomorqa yer egalariga murojaati

 

Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari!

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, o‘simliklarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish – xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi.

Ayni chog‘da bog‘lar, ko‘chalar hamda yo‘l chetlarida yashnab turgan daraxtlar tevarak-atrofga ko‘rk ulashishi barobarida havo musaffoligini ta’minlab, dasturxonimizni mevalar bilan to‘ldiradi.

Daraxtlarga mehr berish, ularni parvarishlash eng ezgu va xayrli amal sanaladi. Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash xalqimizning asrlar sinovidan o‘tgan milliy qadriyatidir. Zero, ajdodlarimiz oilada yangi tug‘ilgan farzandga atab yerga nihol qadagan. O‘sha daraxt bilan birga farzand ham ulg‘aygan.

Demak, xalqimizning  ibratli o‘tishi o‘zimiz yashayotgan muhitda tabiatga oqilona munosabatda bo‘lib, uni asrab avaylash, kelgusi avlodlar ham yashashi uchun qulay makon barpo etishga undaydi.

Muhtaram Prezidentimizning joriy yilning 11 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasida bergan ko‘rsatmalari ana shunday ezgulik yo‘lidagi juda ham muhim tashabbusdir.

Prezidentimiz raisligida «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2022 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bu boradagi ishlarni kengaytirib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil kuz oyida 1 mln 951 ming  dona, 2023 yil bahor oyida 3 million 251 ming dona  daraxt ekish vazifasi belgilab berildi.

Shuningdek, ushbu yig‘ilishda «Yashil makon» umummilliy loyihasi bir yillik tadbir emasligi, kelgusi besh yilda 3 million tup daraxti ko‘chatini ekish maqsad qilingani ta’kidlandi.

 «Yashil makon» umummilliy loyiha amalga oshirilishi har bir hududning iqlimiga mos, kam suv talab qiladigan ko‘chatlarni tanlab ularni yetishtirish uchun ko‘chatxonalar ko‘paytirilishi ayni muddaodir.

O‘tgan yillar tajribasidan kelib chiqib, yurtimizda 20 oktabrdan 1 dekabrgacha ko‘chat ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi.

Qayd etish kerakki, o‘tgan yili kuz va joriy yilning bahor oylarida mahallalarda, fermer va dehqonlarimiz dalalari chetlariga va aholi tomorqalarida 150 mingdan ziyod ko‘chat ekildi. Albatta, bu savobli ishlarda ko‘plab tashkilotlar, mahallalar, umuman, keng jamoatchilik qatori Siz mehnatkash dehqon va fermerlarimizning ham munosib ulushi bor.

 Hurmatli fermerlar!

 “Dolzarb 40 kunlik”da Siz ham dalangiz chetidagi bo‘sh yerlarga tut, tok va boshqa daraxt ko‘chatlari ekib “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissangizni qo‘shing.

Buning uchun  mamlakatimizdagi ko‘chat yetishtiruvchi bir yarim mingta fermer, dehqon  xo‘jaliklarida va tomorqa yer egalarida
1,5 milliondan ziyod tut, tok, tol, yong‘oq va boshqa daraxt nihollari mavjud.

Siz ular bilan hamkorlik qilsangiz, yurtimiz yashillik olamiga o‘zingizning munosib hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.

 

Mehnatkash dehqonlar!

 

Muhtaram Prezidentimizning alohida qarorlari bilan joriy yildan boshlab paxta-g‘alladan bo‘shagan maydonlardan  dehqon xo‘jaliklari uchun yer ajratilib, Sizlar shu yildan boshlab bu yerlardan daromad olishni boshladingiz.

Sizlar har bir qarich yerdan unumli foydalangan holda “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyilini amalga oshirish doirasida dala chetiga va ko‘cha boshiga  tut, tok va boshqa ko‘chatlarini ekishni tashkil etishga chaqiramiz.

 

Muhtaram tomorqachilar!

Tumanimizdagi 48  ta  mahalla fuqaro  yig‘inlarida 37353 dan ziyod tomorqa yer egalari faoliyat yuritadi.

Natijalar hisob-kitoblarda aniq ko‘rinadi. Agar har bir tomorqachi o‘z tomorqasiga, mahalla guzariga va ko‘cha boshiga 10 tupdan ko‘chat eksa, туманимиз bo‘yicha 373530 tup ko‘chat ekiladi. Bunday saxovatpeshalik bilan qilingan ishlaringiz tahsinga sazovor bo‘ladi!

Sizlarga tut, tok va boshqa ko‘chatlar kerak bo‘lsa  joylardagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga murojaat etishingiz mumkin.

Ayni paytda Respublika Kengash huzuridagi “Quva ilmiy ishlab chiqarish” markazida 30 milliondan ziyod tok, tut va boshqa mevali daraxt ko‘chatlari zahirasi yaratilgan, ushbu ko‘chatlarni xarid qilib, mahallangiz guzariga va ko‘cha boshlariga hamda tomorqangizga ekib obod qilishga chaqiramiz.

 Hurmatli hududiy kengash raislari!

 Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga sifatli kafolatlangan tut, tok va boshqa ko‘chatlar bilan ta’minlash yuzasidan ma’lumotlar berib boring.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ko‘chatlar xarid qilish bo‘yicha Kengash huzuridagi Jamg‘arma mablag‘laridan imtiyozli kreditlar berish bo‘yicha tushuntirish ishlarini tashkil qilingizlar!

Mahalliy hokimliklar bilan birgalikda daraxtlarni parvarishlash, sug‘orish, zararkunandalardan himoya qilish borasida tizim yaratish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda faol ishtirok eting;

Ko‘chatlarni yetkazib berish va narx-navoning barqarorligini ta’minlash maqsadida Kengash huzuridagi “Quva tomorqa yer uchatkalarini rivojlantirish ilmiy amaliy markazi”da yetishtirilgan tok, tut va boshqa mevali daraxt ko‘chatlarini fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga tizimli yetkazib berish bo‘yicha har bir tuman markazlarida ko‘chat sotish yarmarkalari va savdo rastalarini tashkil eting.

  

Hurmatli va aziz fermerlar, dehqonlar hamda tomorqa yer egalari!

Sizlarni hurmatli Yurtboshimizning yuksak ishonchini oqlab, mamlakatimiz ravnaqi va farovonligiga munosib hissa qo‘shish uchun “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik”da faol ishtirok etib tut, tok va boshqa daraxt ko‘chatlari ekishga chaqiramiz!

Bu bilan siz xalqimizga xos ezgu fazilatlarga o‘zingizning munosib hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz! Zero, nafaqat hovli va uylarimiz mana shu, mahalla, shahar va mana shu vatan ham o‘zimizniki. Uning ozodaligi va ko‘rkamligiga barchamiz mas’ulmiz.

 

Vatanimiz obodligiga o‘z hissamizni qo‘shaylik!

 

O‘zbekiston fermer, dehqon                                   

xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Jizzax viloyat        

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Paxtakor tumani kengashi                           

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

"Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda!!!
31 октябрь 2022, Понедельник
"Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda!!!
Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.
12 апрель 2022, Вторник
Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi
07 март 2022, Понедельник
Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi
Aholini ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.
21 февраль 2022, Понедельник
Aholini ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.
27 декабрь 2021, Понедельник
Ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda o‘tkaziladi.
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар