Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Budjetdan tashqari pensiya jamg’armasi Paxtakor tuman bo’limi umumiy yig‘ilish

Budjetdan tashqari pensiya jamg’armasi Paxtakor tuman bo’limi umumiy yig‘ilish

16 ноябрь 2022 йил
262
0

Paxtakor shaxri                                                                                            16.11.2022 yil

 

Yig‘ilish raisi:-                                  A.Saitqulov tuman bo’lim boshlig’i

 

Yig‘ilishga qatnashdi:                      Bo’limning barcha hodimlari

Yig‘ilishga taklif etildi:                    Paxtakor tuman adliya bo’limi boshlig’i – X.Kushmatov

                                                    Pensiya jamg’armasi yuristkonsulti – N.Tuymuradova

 

K U N  T A R T I B I

 O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 595-sonli Davlat fukarolik xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash buyicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekistan Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatiga oid va xizmatdan tashqari odob-ahloq, jamoatchilik bilan munosabatlariga doyr qoidalarga rioya etilishini ta’minlash ijrosi haqida.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Paxtakor tuman adliya bo’limi boshlig’i X.Kushmatov so‘z olib quyidagilarni bayon etdi.

Hammamizga ma’lumki. Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-ahloqining namunaviy qoidalari davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy ma’daniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-ahloqi, tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubining namunaviy qoidalarini belgilaydi.

Odob-ahloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining ahloq qoidalariga zid bo‘lgan hatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan. Davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi shart, qonuniylik, vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, yuklangan funksional vazifalarini to‘liq bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik, adolatlilik, xalollik va holislik, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi qurashish, hizmat sirini qat’iy saqlash, mansab vakolatlarini suiste’mol qilmaslik, manfaatlar to‘qnashuviga yul qo‘ymaslik.

Davlat xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda hulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim:

davlat xizmatining obrusiga putur etkazishi mumkin bo‘lgan hatti-harakatlardan tiyilish, ahloq normalariga doimiy rioya qilish, mas’uliyat, kasbiga sadoqat va xalollikni kundalik shiorga aylantirish, murakkab vazifalarni bajarishda xamkasblariga ko‘maklashish, xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va xurmat xissini uyg‘otish, oilasida sog‘lom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy g‘amxur bo‘lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak ahloqiy fazilatlarni shakllantirish, fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qatiy nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lish, jamiyatda ahloqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qilish davlat xizmatchilari o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlariga, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Odob-ahloq qoidalariga va boshqa qonunchilik xujjatlariga amal qiladi.

Davlat xizmatchilari Odob-ahloq qoidalariga rioya qilish majburiyatiga, fuqarolar esa davlat xizmatchilaridan mazkur qoidalarga mos bo‘lgan kasbiy madaniyatni talab qilish huquqiga ega. Davlat xizmatchilarining Odob-ahloq qoidalariga rioya etishi ularning faoliyati hamda xizmatdagi ahloqini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Davlat xizmatchilari fuqarolarning jinsi, irqi, millati, fuqaroligi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi kamsitilishiga olib keluvchi ta’sir choralari va harakatlar (xarakasizlik)ga yul qo‘ymasligi, halol, adolatli va kamtar bo‘lishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga dahldor qarorlarni qabul qilishda qonuniylikni, adolatlilikni va shaffoflikni ta’minlashi, davlat va jamiyat manfaatlariga zarar etkazuvchi, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini pasaytiradigan harakatlar (harakasizlik)dan tiyilishi, o‘zining hatti-harakati va ahloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramaslik choralarini qo‘rishi, tanqid uchun taqibga yul qo‘ymasligi, asosli va konstruktiv tanqiddan o‘z faoliyatidagi kamchiliklar hamda nuqsonlarni bartaraf etish yulida foydalanishi, davlat organlari va tashkilotlari, davlat xizmatchilari va boshka shaxslarga o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda shaxsiy masalalar yuzasidan ta’sir o‘tkazmasligi, o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olmasligi, davlat mulkining but saqlanishini ta’minlashi, o‘ziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi, xizmat intizomiga qat’iy rioya qilishi, ish vaqtidan oqilona va samarali foydalanishi, aholining davlat xizmatlari iste’molchisi sifatidagi talablariga muvofiq  doimiy ravishda faoliyat sifatini oshirib borish choralarini ko‘rishi, qonun bilan intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan huquqbuzarlik va boshqa hatti-harakatlarga yul qo‘ymasligi, kasb etikasi va ishchanlik uslubiga rioya etishi, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tashkilotlari manfaatlari yulida xizmat mavqeyi va imkoniyatlaridan foydalanmasligi kerak.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman Pensiya jamg’armasi bo’lim boshlig’i A.Saitqulov, Pensiya jamg’armasi yuristkonsulti  N.Tuymuradova so‘zga chiqishdi.

 

Kun tartibidagi masalani atroflicha muhokama qilib yigilish

 

Q A R O R  Q I L A D I :

 

1.O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi
595-sonli Davlat fukarolik xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash buyicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori  ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

2.Paxtakor tuman Pensiya jamg’armasi bo’lim xodimlariga;

-ushbu qarorni markaz xodimlari bilan atroflicha muhokama qilish, tegishli chora- tadbirlar belgilash:

O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi
595-sonli Davlat fukarolik xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash buyicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ijrosini joylarda  ta’minlash, Odob-ahloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining ahloq qoidalariga zid bo‘lgan hatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan. Davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi shart, qonuniylik, vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, yuklangan funksional vazifalarini to‘liq bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik, adolatlilik, xalollik va holislik, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi qurashish, hizmat sirini qat’iy saqlash, mansab vakolatlarini suiste’mol qilmaslik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;

jamoat tartibi va havfsizligiga qarshi qaratilgan hatti- harakatlarni sodir etmaslik, mazkur noqonuniy harakatlarga boshqalarni jalb etmaslik yoki da’vat qilmaslik, Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishi mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan xurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, holislik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi, komissiyaning asosiy vazifalari yaratish, davlat xizmatchilarining idoraviy odob-ahloq qoidalarini ishlab chikish, davlat xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etilishi masalalarini ko‘rib chiqish, xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish vazifalari yuklatilsin.

3.Ushbu qarorni bajarishni nazorat qilish o’z zimmamda qoldiraman

 

 

 

 

 

Yigilish raisi:                                                A.Saitqulov

 

Kotibi:                                                           N.Juraqulova

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар