Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Tomorqa yer yoki dehqon xo‘jaligini yuritishdan olingan daromad miqdorini aniqlash

Tomorqa yer yoki dehqon xo‘jaligini yuritishdan olingan daromad miqdorini aniqlash

23 ноябрь 2022 йил
140
0

 Arizachining yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer maydonida tomorqa maydonini hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining axborot tizimidan elektron axborot almashinuvi orqali olingan ma’lumotlar asosida quyidagi formuladan foydalaniladi:

TEM = UM — QM — (UM * 20 %) bunda:

TEM — tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligi maydoni;

UM — ajratilgan erning umumiy maydoni (m2);

QM — qurilishlarning maydoni (m2);

(UM * 20 %) ko‘rsatkichi 200 m2dan oshmagan holda hisob-kitob uchun qabul qilinadi.

Tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritishdan olingan daromad miqdori sifatida ushbu bandda belgilangan tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritishdan olinadigan bir oylik daromadning normativ miqdori qabul qilinadi.

Tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritishdan olinadigan bir oylik o‘rtacha normativ daromad tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish uchun foydalanilayotgan sotixlar maydonini jami daromad aniqlanayotgan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 0,035 baravariga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

Ushbu bandda ko‘rsatilgan bir oylik o‘rtacha normativ daromadi oilaning o‘rtacha oylik daromadini aniqlash uchun uch oyga ko‘paytirilgan holda hisob-kitob qilinadi. Bunda:

  1. a) 4 sotixgacha bo‘lgan tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligi maydonida oilaning mehnatga layoqatli ishsiz bitta a’zosi hamda keyingi har bir 4 sotixgacha maydon uchun qo‘shimcha bittadan oilaning ishsiz a’zosi tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan deb hisoblanadi;
  2. b) oila a’zolari tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan deb quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha hisoblanadi:

birinchi navbatda, mehnatga layoqatli ishsiz bo‘lgan, bola parvarishi va o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lgan oila a’zosining parvarishi bilan band bo‘lmagan, jazoni ijro etish joylarida jazoni o‘tamayotgan, chet elda ishlamaydigan yoki tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirmayotgan oila a’zosiga;

oilaning voyaga yetgan, ta’lim muassasasida tahsil olmayotgan, jazoni ijro etish joylarida jazoni o‘tamayotgan yoki chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tamayotgan, o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lgan oila a’zosining parvarishi bilan band bo‘lmagan, chet elda ishlamaydigan yoki tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirmayotgan, o‘z oilasiga ega bo‘lmagan mehnatga layoqatli ishsiz farzandiga, shuningdek, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan shaxsga (bir nechta farzandi bo‘lganda — yosh ketma-ketligi bo‘yicha);

ta’lim muassasasida tahsil olmayotgan, jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tamayotgan yoki chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tamayotgan, o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lgan oila a’zosining parvarishi bilan band bo‘lmagan, chet elda ishlamaydigan yoki tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshirmayotgan mehnatga layoqatli ishsiz ortasiga.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар