Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Band bo`lmagan shaxs daromadini aniqlash

Band bo`lmagan shaxs daromadini aniqlash

21 ноябрь 2022 йил
196
0

 Bolalar nafaqasi va moddiy yordamga murojaat qilgan oyda daromadlarning rasmiy manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi olti oy mobaynida ish izlab mehnat organlariga murojaat qilmagan hamda mehnat organlarida hisobda turmagan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan, to‘rt va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan farzandi mavjud bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosiga ariza beruvchi va/yoki uning oila a’zosiga daromad aniqlanayotgan davrda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravari miqdoriga teng bo‘lgan normativ daromad miqdori qabul qilinadi.

Ushbu qoida:

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobda turgan shaxslarga;

bola uch yoshga to‘lguniga qadar parvarish qilayotgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga);

ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga (ta’limning kechki va sirtqi o‘qish shakllari bundan mustasno);

ishlamaydigan pensionerlarga, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga, I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha shaxslarga;

amalda tomorqa yer va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan oila a’zolariga;

18 yoshgacha bolalikdan nogironligi bo‘lgan, shu jumladan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarning onalariga (onasi bo‘lmagan holda otasiga), oila a’zosi hisoblangan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarni parvarish qilayotganlarga (ushbu ma’lumot Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan aniqlashtiriladi);

chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyat turini amalga oshiruvchi oila a’zolariga;

oilaning “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida oilaviy tadbirkorlikda band bo‘lgan, biroq ushbu dastur bo‘yicha mikrokredit olingan sanadan boshlab ko‘pi bilan 12 oy band bo‘lgan a’zolariga;

sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lganligi munosabati bilan oilada bo‘lmagan a’zolariga;

oilaning chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan a’zolariga;

bolasini yolg‘iz tarbiyalayotgan yolg‘iz onalar (otalar)ga hamda nikohi bekor qilingan ayollarga;

rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi olti oy mobaynida “Temir daftar”da bo‘lgan oilalarga;

tuman (shahar) aholi bandlikka ko‘maklashish markaziga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilgan yoki ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan, ushbu markaz tomonidan kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар