Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumani hokimi Аsilbek Raxmonovich Аshurovning 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni”ga bagʼishlangan TАBRIK SOʼZI

Paxtakor tumani hokimi Аsilbek Raxmonovich Аshurovning 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni”ga bagʼishlangan TАBRIK SOʼZI

02 декабрь 2022 йил
443
0

 Аssalomu alaykum, hurmatli otaxonlar va onaxonlar,

Qadrli aka-ukalar, opa-singillar hamda mehmonlar!

 

Аvvalo Siz azizlar bilan mana shunday bayram kunlari koʼrishib turganimdan behad xursandman. Bugun barchamiz 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni”ni shunday chiroyli dasturxon atrofida munosib nishonlash uchun tashrif buyurdik. Shu munosabat bilan barchangizni bugungi bayram bilan chin dildan tabriklayman.

Xabaringiz bor, har yili 3 dekabr–“Xalqaro nogironlar kuni” sifatida dunyo boʼylab keng nishonlanadi. Yurtimizda ayniqsa, mustaqillik yillarida nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor bilan qaralmoqda.

     Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi boʼlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 5270-sonli farmoni bilan nogironligi boʼlgan shaxslarning huquqlari va qonuniy mafaatlarini taʼminlash sifat jihatdan yangi bosqichga koʼtarildi.

Tumanimizda 1631 nafar nogironlar boʼlib, shundan 371 nafari 18 yoshgacha, 1260 nafari katta yoshdagi nogironligi boʼlgan fuqarolar boʼlib, 2022 yil davomida pensioner va nogironligi boʼlgan shaxslardan 30 nafariga nogironlik aravachasi, 24 nafariga eshitish moslamasi, 9 nafariga qoʼltiqtayoq, 12 nafariga hassa tayoq, 3 nafariga xodunok kabi reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlandi.

 

Аziz doʼstlar, muxtaram mexmonlar!

Tumandagi oʼzgalar parvarishiga muhtoj yolgʼiz keksalar va nogironligi boʼlgan shaxslar 33 nafarni tashkil etib, ular davlatimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga olinib, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʼrsatilib kelinmoqda. Bayram arafasida ushbu yolgʼiz keksalarning holidan xabar olinib, sahovatpesha insonlar tomonidan yordamlar koʼrsatib kelinmoqda.

Shu jihatdan nogironligi boʼlgan shaxslar, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam koʼrsatish, bunday shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining amalga oshirilishi nogironligi boʼlgan shaxslar hayotini yanada farovonlashtiradi.

Bizning azaliy qadriyatlarimizdan biri - yordamga muhtoj boʼlgan kishilarga faqat bayram va tadbirlarda emas, balki har doim mehr-muruvvat koʼrsatishni qalbi daryo, mehri ummon sahovatli xalqimiz hamisha eʼzozlab kelgan.

Аyniqsa, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX-bob, 39-moddasida “Har kim qariganda, mehnatga layoqatini yoʼqotganda, boquvchisidan mahrum boʼlganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot olish huquqiga ega” deb eʼtirof etilishi yolgʼiz qariyalar, boquvchisini yoʼqotgan yordamga muhtoj kishilar, kam taʼminlanganlar hamda nogironligi bor insonlar hamisha eli-yurtimizning ardogʼida ekanligining yorqin dalilidir. Bundan keyin ham shunday boʼlib qoladi.

Bundan tashqari tumanimizda nogironlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tibbiy, ijtimoiy qoʼllab-quvvatlashga yoʼnaltirilgan ommaviy-madaniy xayriya tadbirlari dekabr oyining oxirigacha davom etadi.

 

Hurmatli bayram tadbiri ishtirokchilari!

 

Sizlarni yana bir bor ushbu muborak ayyom bilan chin dildan muborakbod etib, Sizlarga, uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʼlsin!

 

Eʼtiboringiz uchun rahmat!

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар