Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo’limining 2022-yil 12 oy davomida amalga oshirgan ishlari to’g’risida

Paxtakor tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo’limining 2022-yil 12 oy davomida amalga oshirgan ishlari to’g’risida

29 декабрь 2022 йил
160
0


  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 27-maydagi “O’zgalar parvarishiga muxtoj yolg`iz pensionerlarni ijtimoiy ximoyalash yuzasidan qo’shimcha tadbirlar to’grisida”gi 212-sonli Farmoniga asosan 11 nafar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining  2015-yil                           10-avgustdagi 237-sonli qaroriga asosan 22 nafar jami  xozirgi kunda yolg’iz pensioner va nogironligi bo’lgan shaxslarning soni 33 nafarni tashkil etadi.

2022-yil Yangi yil bayrami munosabati bilan tuman xokimligi xamda xomiy tashkilotlar tomonidan tuman xududida istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan, chin etim  va nogiron oilalar  farzandlaridan 108 nafariga bayram sovg’asi tarqatildi, sarflangan mablag’ 10200,0 ming so’mni tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 27-maydagi 212-sonli Farmoni xamda Vazirlar Maxkamasining 2015-yil 10-avgustdagi 237-sonli qaroriga asosan 10 nafar o’zgalar qaramogiga muxtoj yolg’iz keksalar bo’lib, ularga 19 turdagi oziq ovqat va nooziq ovqat xamda gigiena maxsulotlari etkazib berilgan sarflangan mablag 14808,0 ming so’mni tashkil etadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyundagi PQ-274-son qarorga asosan Paxtakor tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo’limida xisobga olingan o’zgalar parvarishiga muxtoj bo’lgan  yolg’iz keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslardan 11 nafariga kompensatsiya tariqasida 23400 ming so’mni tashkil etadi.                                                                                                                                                                                                

8-mart “Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan tumandagi 170 nafar yolg’iz keksa,  nogironligi bo’lgan, kam ta’minlangan xamda onaxonlarimizga sovg’a-salomlar berildi xomiy tashkilotlar tomonidan jami 15300.0 ming so’mlik mablag’ sarflandi. Ijtimoiy xodimalar tomonidan barcha yolg’iz qariyalarni bayram bilan tabriklab chiqishdi.

9-may “Хotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Tuman xokimining tashabbusi bilan Saxovat va ko’mak markazi tomonidan 28 nafar Mexnat fronti faxriylari hamda mexnat faxriylariga 14200 ming so’mlik bayram sovg’alari berildi

Ramozon xayiti kuniga 145 nafar kam ta’minlangan, yolg’iz qariyalar va nogironligi bo’lgan shaxslarga xomiy tashkilotlar tomonidan 43500.0 ming so’mlik sovg’a salomlar berilib xolidan xabar olindi.

1-iyun “Xalqaro bolalarni ximoya qilish” kuni bayrami munosabati bilan 105 nafar kam taminlangan nogironligi bo’lgan bolalarning xolidan xabar olinib 10500,0 ming so’mlik oziq-ovqat maxsulotlari hamda esdalik uchun sovg’a-salomlar bilan xomiy tashkilotlar tomonidan xomiylik yordami ko’rsatildi.

Qurbon xayiti kuniga 204 nafar kam ta’minlangan, yolg’iz qariyalar va nogironligi bo’lgan shaxslarga xomiy tashkilotlari tomonidan  88 480.0 ming so’mlik sovga salomlar berilib xolidan xabar olindi.

1-sentabr “Mustaqillik” bayrami munosabati bilan 43 nafar pensioner va faxriylar, nogironligi bo’lgan fuqarolar, kam taminlangan va boquvchisini yo’qotgan oilalarga tuman xokimligi va xomiy tashkilotlari tomonidan 22 381.0 ming so’mlik xomiylik yordamlari ko’rsatilib xolidan xabar olindi.

3-dekabr “Nogironligi bo’lgan shaxslar kuni” munosabati bilan 2-dekabr kuni tumandagi imkoniyati cheklangan o’zgalar yordamiga muxtoj Nogironligi bo’lgan shaxslarni 252 nafariga xomiylar tomonidan 62200,0 ming so’mlik sovg’a-salomlar berilib xolidan xabar olindi.

2022 yil 12 oy davomida protez-ortopediya maxsulotlariga muxtoj nogironligi bo’lgan shaxslardan 31 nafari muxtojlar bazasiga kiritilgan. 29 nafar fuqaro protez-ortopediya maxsulotlari bilan taminlandi.

2022 yil 12 oy davomida 112 nafar pensioner va nogironligi bo’lgan shaxslar reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlandi.

Jumladan;

Elektr yuritmali kreslo aravacha                   4 nafar

Nogironlik aravachasi                                    31 nafar

Eshitish moslamasi                                        25 nafar

Qo’ltiq tayoq                                                 10 nafar

Xassa tayoq                                                   14 nafar

Xodunok                                                       3 nafar

Ko’zi ojiz xassa tayoq                                   0 nafar

Tirsakli tayoq                                                 1 nafar

Peshob qabul qilgich                                      0 nafar

Ovoz chiqaruvchi tonometr                           11 nafar

Ovoz chiqaruvchi termometr                         13 nafar

 

1941-1945 yillardagi Urush va mexnat fronti faxriylari, pensioner va nogironligi bo’lgan fuqarolardan jami 138 nafari sixatgox yo’llanmalari bilan taminlandi.

Jumladan;

Oltiariq sixatgoxida                           8 nafar

Tovoqsoy sixatgoxida                        17 nafar

Kosonsoy sixatgoxida                       2 nafar

Marjon suvi sixatgoxi                        8 nafar

Nuroniylar oromgoxida                     7 nafar

Jizzax sanatoriysida                           96 nafar

 

 

 

Paxtakor tuman tibbiy-ijtimoiy

xizmatlarlarni rivojlantirish

bo’limi boshligi                                                            D.Abdimannonov

 

 

 


 


 


 

 

 

 


 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар