Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » SEKTOR RАHBАRI MАHАLLАLАRNI OʼRGАNMOQDА

SEKTOR RАHBАRI MАHАLLАLАRNI OʼRGАNMOQDА

05 январь 2023 йил
301
0

 Paxtakor tumani hokimi v.b Sh.Shodmonov, 1-sektor ishchi guruhi, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 2023 yil 5 yanvar kuni “Chamanzor” mahalla hududida ijtimoiy obʼektlar va aholining qish mavsumiga tayyorgarlik holatini oʼrgandi. Dastlab, sektor rahbari “Chamanzor” mahallasidagi 7-umumtaʼlim maktabi binosini ijtimoiy holati bilan tanishdi. Soʼngra aholi xonadonlarida ishchi guruh bilan birgalikda xonadonbay fuqarolar bilan suhbatlar oʼtkazgan holda, qish mavsumini betalofat oʼtkazish boʼyicha fuqarolar hamda mahalla faollariga oʼz tavsiyalarini berdi.

“Mahallabay” uyma-uy yurish orqali aholining muammolari, mahallalardagi koʼp qavvatli uy-joylar, ijtimoiy soha obektlari, sogʼliqni saqlash, umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim muassalarini isitish tizimlarini hamda elektr energiya, tabiiy gaz, suyultirilgan gazbalon bilan taʼminlash, ichimlik suvi taʼminoti, ichki yoʼllar holatini oʼrganib chiqmoqda.

O’rganish jarayonida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish, aholi kayfiyatiga ta'sir ko'rsatuvchi hodisalarning oldini olish borasida Aholi turar joylarida is gazi va tabiiy gazdan zaharlanish va boshqa noxush xolatlarni, jumladan yong'in xavfsizligi hamda turli xil jinoyatchiliklarning oldini olish borasida suhbatlar olib bordi.

Ishchi guruh hududdagi Oilaviy poliklinikana bolib, tashkil etilgan dorixona va poliklinika shart sharoitlari bilan to’liq tanishdi. Oilaviy poliklinikana xodimlariga, aholi o'rtasida "Dok-1 Maks, Sinepar Kid, Ambronol" kabi dori vositalari iste'molining oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilanib, mas'ullarga qat'iy topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

Sektor rahbari va ishchi guruh hududda yangidan tashkil etilayotgan “URAL PLUS TEKS” MCHJ binosi qurilishi bilan tanishdi. Korxona rahbari Uralov Amirullo korxona ishga tushgach yangi 100 nafardan ortiq bo’sh ish o’rni yaratilishi, yillik quvvati 50 ming donadan ziyod maxsulot ishlab chiqarish ko’zda tutilgan deydi-u.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар