Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » 1-SEKTOR RАHBАRI SAMARQAND MАHАLLАSINI OʼRGАNDI

1-SEKTOR RАHBАRI SAMARQAND MАHАLLАSINI OʼRGАNDI

07 январь 2023 йил
206
0

 Paxtakor tumani hokimi v.b Sh.Shodmonov, 1-sektor ishchi guruhi, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 2023 yil 6 yanvar kuni Dastlab “Samarqand” mahalla fuqarolar yig’ini binosini qayta ta’mirlanish jarayoni, binoning jixozlanish xolatlari bilan tanishdi. Hududdagi ijtimoiy obʼektlar va aholining qish mavsumiga tayyorgarlik holatini oʼrgandi. Mahalla binosiga kelgan nuroniylar bilan suxbat oʼtkazdi, Suxbat jarayonida mahalla nuroniy fuqarolaridan А.Maxmudov, А.Qoʼshmurodovlar hozirgi vaqtda muxtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan isloxotlaridan mamnunligini, doimo qo’llab quvvatlashlari haqida o’z fikrlari bildirdi.

Ishchi guruh tomonidan mahalla idorasiga tegishli noturar joyda yashayotgan 4 nafar oilaning yashash tarzi oʼrganildi, fuqaro M.Yuldasheva bilan suhbatlashib, ijtimoiy foydali mehnat bilan shugʼullanishi kerakligi va oilasi bilan ishlab yoki toʼlov-kredit asosida turar joyga ega boʼlishini tushuntirib oʼtdilar.

Sektor rahbari ijtimoiy ximoyaga muxtoj, ota –ona qaromogisiz qolgan Jizzax shaxridagi 29-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi boʼlgan fuqaro Usmanov Elnora Ravshan qiziga davlatimiz tomonidan berilgan uyni taʼmirlash jarayonini koʼzdan kechirar ekan, firma rahbari va tegishli mutasaddilarga qisqa muddatlarda fuqaroni ko’chib kirishini ta’minlash borasida topshiriqlar berdi.

Ishchi guruh hududda xonadonma-xonadon kirib aholi o'rtasida "Dok-1 Maks, Sinepar Kid, Ambronol" kabi dori vositalari iste'molining oldini olish yuzasidan targ’ibot ishlarini olib borayotgan Potranaj hamshiralar bilan ham suhbatlar olib bordi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар