Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumani bo‘yicha 2023-yil qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarga soliq stavkalarini belgilash to‘g‘risida

Paxtakor tumani bo‘yicha 2023-yil qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarga soliq stavkalarini belgilash to‘g‘risida

11 январь 2023 йил
139
0

 Paxtakor tumani bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarga soliq stavkalarini belgilash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6 va 24-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6121-son Farmoni 1-bandiga asosan xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi

 

QAROR  QILADI:

 Paxtakor tuman davlat soliq inspeksiyasining 2022-yil 22-dekabrdagi 01-03279-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.

  1. Tuman hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun mutlaq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llanilgan soliq stavkalari yuridik shaxslar uchun 1-ilovaga, jismoniy shaxslar uchun 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Paxtakor tuman davlat soliq inspeksiyasi (U.Safarov)ga mazkur qaror bilan tasdiqlangan yer solig‘i stavkalari haqidagi maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda barcha soliq to‘lovchilarga yetkazilishini taʼminlasin.
  3. Tuman hokimligi axborot xizmati (R.Qurbonov) va “Paxtakor hayoti” gazetasi tahririyati (M.To‘xtasheva)larga mazkur qarorni ommaviy axborot vositalari orqali yoritish tavsiya etilsin.
  4. Qaror 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiritilsin.
  5. Qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi O.Qodirov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Shodmonovlar zimmalariga yuklatilsin.

     

     

     
скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар