Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » 1-SEKTOR RАHBАRI CHAMANZOR MАHАLLАSIDA BO’LDI

1-SEKTOR RАHBАRI CHAMANZOR MАHАLLАSIDA BO’LDI

14 январь 2023 йил
254
0

 1-sektor rahbari, Paxtakor tumani hokimi Ashurov Asilbek Rahmonovich 2023 yil 13 yanvar kuni “Chamanzor” mahalla hududida ijtimoiy obʼektlar va aholining bugungi kundagi holatini oʼrgandi.

 

Hududda joylashgan Oilaviy poliklinikada bolib, tashkil etilgan dorixona va poliklinika shart sharoitlari bilan to’liq tanishdi. Oilaviy poliklinikana xodimlariga, aholi o'rtasida "Dok-1 Maks, Sinepar Kid, Ambronol" kabi dori vositalari iste'molining oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilanib, mas'ullarga qat'iy topshiriq va ko'rsatmalar berdi.

Tumanda shtab tashkil etilgan bo’lib, ishchi guruh “Mahallabay” uyma-uy yurish orqali aholining muammolari, mahallalardagi koʼp qavvatli uy-joylar, ijtimoiy soha obektlari, sogʼliqni saqlash, umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim muassalarini isitish tizimlarini hamda elektr energiya, tabiiy gaz, suyultirilgan gazbalon bilan taʼminlash, ichimlik suvi taʼminoti, ichki yoʼllar holatini oʼrganib chiqmoqda.

 

O’rganish jarayonida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish, aholi kayfiyatiga ta'sir ko'rsatuvchi hodisalarning oldini olish borasida Aholi turar joylarida is gazi va tabiiy gazdan zaharlanish va boshqa noxush xolatlarni, jumladan yong'in xavfsizligi hamda turli xil jinoyatchiliklarning oldini olish borasida suhbatlar olib bormoqda.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар