Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda aholi muammolarini o’rganish davom etmoqda

Paxtakorda aholi muammolarini o’rganish davom etmoqda

13 январь 2023 йил
261
0

 Bosh prokuratura boshqarma boshligʼi D.Аxmedov va Jizzaz viloyati prokuraturasi masʼullari va Paxtakor tuman sektor rahbarlari tomonidan qish mavsumini betalofat oʼtkazish, aholi xonadonlarini energo-resurslar hamda koʼmir va suyultirilgan gaz bilan taʼminlash ahvoli oʼrganildi.

Dastlab, 2-sektor hududiga qarashli "Paxtakor" MFY binosi va shu hududdagi 12-sonli umumtaʼlim maktabidagi yaratilgan sharoitlar, qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarining borishi bilan yaqindan tanishildi.

Tuman markazida joylashgan tibbiyot birlashmasining shoshilinch tez tibbiy yordam, tugʼruq va jonlantirish boʼlimlari faoliyati bilan tanishildi. Tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlar, bemorlar tibbiy xizmat koʼrsatish sifati, binonini isitish holati hamda ijtimoiy dorixonalar koʼzdan kechirildi.

Shuningdek, tuman markazidan olisda joylashgan chekka qishloqlarda tashkil etilgan koʼchma savdo doʼkonlaridagi narx-navo barqarorligi oʼrganilib, masʼullarga tegishli koʼrsatmalar berildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар