Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Sektor rahbarlari “Buyuk ipak yo’li” mahallasida honadonma-honadon yurdi.

Sektor rahbarlari “Buyuk ipak yo’li” mahallasida honadonma-honadon yurdi.

03 февраль 2023 йил
380
0

 Bugun tuman hokimi Asilbek Ashurov, sektor rahbarlari va mutassaddi tashkilotlar ishtirokida “Buyuk Ipak yo’li” MFYda xavfsiz hudud va aholi muommolarini bartaraf etish yuzasidan ochiq muloqot o'tkazildi.

Dastlab uchrashuv ochiq muloqot ko`rinishida bo`lib, unda hokim tumandagi tadbirkorlik sub`ektlarida mavjud muammolarni o`rganish va ularning oldini olishga yordam berish uchun har tomonlama tayyorligini bildirdi. Buning natijasi kelajak ko`rinishiga umid bildirgan rahbar tadbirkorlar uchun tuman hokimligi va sektor rahbarlarining eshigi hamisha ochiqligini aytdi.

Tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i ishtirokchilarga bugungi kundagi kber xafsizlik, fuqarolarning plastik kartalaridan noqonuniy pul mablag’lari yechib olinayotganligi, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan feyk (yolg’on) xabarlarga aldanib qolmasliklari borasida tushunchalar berib o’tdi.

Davlat soliq inspeksiyasi Paxtakor tuman bo’limi rahbari, soliqdan qarzdorligi bo’lgan tadbirkorlar, fermer xo’jalik rahbarlariga soliq tizimidagi o’zgarish, yangi chiqayotgan qarorlar bo’yicha ma’lumotlar berib o’tildi.

Shundan so’ng yig’ilgan mutasaddilar honadonma-honadon yurib aholi sharoiti bilan yaqindan tanishib, murojaatlari o’rganildi.

O‘rganish doirasida tuman hokimi “Buyuk Ipak yo’li” MFYda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorining “Xavfsiz hudud” jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta'minlash, aholi tomonidan kelib tushayotgan muammolarni tizmli hal qilingan ishlari yuzasidan yaqindan tanishib chiqdi. Shuningdek hududda joylashgan xizmat xonasida bo‘lib, mahalla idorasining isitish tizimi, aholiga elektr energiyasi, suyultirilgan gaz, ko‘mir mahsulotini yetkazib berish, oziq-ovqat mahsulotlari taʼminoti va narx-navosi, ko‘rsatilayotgan boshqa kommunal hamda maishiy ishlar o‘rganilib, tegishli tavsiyalar berildi. Aholining har bir murojaatini zudlik bilan hokim yordamchisi, mahalla raisi bilan hamkorlikda, mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ro‘yxatga olib, aholining kayfiyatiga taʼsir etuvchi omillarni bartaraf etish, nogiron oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shu hududda yashovchi 70 nafardan ortiq fuqarolar yashash xonadoniga borib, ushbu oilalarning yashash sharoitlari, xonadonda isitish tizimidagi kamchiliklar o‘rganilib, bartaraf etildi hamda tuman sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ijtimoiy obyektlar o’rganildi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi ko’magi bilan 33 million kredit evaziga o’z oilaviy tadbirkorligini olib borayatgan Eshayev Obid Saydullo o’gli tadbirkorligi bilan tuman hokimi tanishdi. Tadbirkor toza sifatli ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi maxsus aparat yordamida soatiga 1 tonna toza suv ishlab chiqaraolishi va ishlab chiqargan mahsulotini tuman bo’ylab yetkazib berishi bu borada oilasidan tashqari yana qo’shimcha 2 nafar yoshlarni ish bilan band qilganligi borasida so’zlab berdi. Qo’shimcha yana kredit olishda ko’maklashilsa semichkani qadoxlash uskunasi olishi qo’shimcha bo’sh ish o’rinlari yaratishi borasida imkoniyatlari borligini aytdi.

Bir so’z bilan aytganda Maqsad bitta – dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, qishloq aholisining bandligi va turmush darajasini oshirish.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар