Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » O’ZIMGA BO’LGAN ISHONCH YANADA ORTDI

O’ZIMGA BO’LGAN ISHONCH YANADA ORTDI

21 февраль 2023 йил
179
0

 Dilchehra Ergasheva Paxtakor tumanidagi Silverleafe qo'shma korxonasi ishchisi Jizzax Davlat pedagogika universiteti talabasi. Bu mening hurmatli Prezidentimiz bilan ikkinchi marta yuzma-yuz uchrashuvim. O'tgan yili "Yangi O'zbekiston" bog'ida Yoshlar kuniga bag'ishlangan tantañali tadbirda davlatimiz rahbarining qo'lidan yuksak mukofot – Kelajak bunyodkori" medalini qabul qilib olganman. O'sha paytdagi xursandligimni so'z bilan ifodalab berolmayman. Yurtboshimiz bilan kechagi uchrashuvda menga jizzaxlik yoshlar nomidan so'z aytish imkoni birilganidan xursand bo'ldim. Uchrashuv juda ham samimiy bo'ldi. O'zim Jizzax Davlat pedagogika universitetining xorijiy tillar fakultetining 3 kurs talabasi bo'lishim bilan birga, Paxtakor tumanidagi Silverleafe qo'shma korxonasi John Deere kombayni  operatoriman. O'tgan yili kombaynda 4500 tonna g'alla o'radim, 2562 tonna paxta terdim. Ya'ni bir kunda 40-50 tonna paxta terdim. Ikki yilik ortirgan tajribamdan kelib chiqib kelgusi paxta mavsumida kuniga 50-60 tonna paxta termoqchiman Buni ham davlatimiz rahbarining islohotlarining natijasi deb bilaman. Ya'ni qishloq xo'jaligida klaster tizimini yo'lga qo'yilgani shunday imkoniyatlar eshigini ochdi. Oldinlari texnika o'rniga o'zimiz dalalarda paxta terardik. Dars, ish qolib ketardi. Prezidentimizga magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olib, egallagan bilim va tajribalarim asosida ilmiy ish qilishimni, qishloq xo' jaligi sohasini rivojlantirishda hissamni qo'shmoqchiligimni va'da berdim. Uchrashuvdan keyin o'zimga bo'lgan ishonch ortdi, Yurtboshimizdan motivatsiya, kuch oldim. Bu albatta mening keyingi o'qish va ish faoliyatimga o'zini ijobiy ta'sirini ko'rsatadi deb o'ylayman.

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар