"Sog'lom tanda - sifatli ta'lim" shiori ostida sport musobaqasi o'tkazildi
Paxtakor tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari o'qituvchilari o'rtasida "Sog'lom tanda - sifatli ta'lim" shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalari o'tkazildi.
(4-sektor) 2023 yil 9-mart kuni Paxtakor tumani Do’stlik mahallasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida maktab o’qituvchilari o’rtasida sportning Voleybol turidan “Sog'lom tanda - sifatli ta'lim” shiori ostida ayollar o’rtasida Kasaba uyushmasi kubogi musobaqasi o’tkazildi. Tadbirda 36 nafardan ortiq o’qituvchilar ishtirok etishdi.
Musobaqa yakuniy natijalariga ko’ra:
I-o’rinni 2-maktab o’qituvchilar jamoasi
II-o’rinni 13-maktab o’qituvchilar jamoasi
III-o’rinni 18-maktab o’qituvchilar jamoasi egalladilar.
Paxtakor tumani Ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya
bo’yicha direktor o’rinbosari Z. Qarshiyev
Тавсия этамиз:

