Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » • Mablag'ingiz yo'qmi? MINIMAL SARMOYA TIKIB, ISH BOSHLANG

• Mablag'ingiz yo'qmi? MINIMAL SARMOYA TIKIB, ISH BOSHLANG

23 март 2023 йил
182
0

 Har qanday sohada ham tadbirkorlik faoliyatining ilk bosqichi ancha-muncha qiyinchilik tug'dirishi sir emas. Ammo, siz to'g'ri tanlovni amalga oshirib, muammolarni xushyorlik va aql bilan hal etsangiz eng daromadli va istiqbolli biznes turiga ega bo'lishingiz turgan gap. Ko'plab hamyurtlarimizni minimal investitsiyalar ishlab chiqarishni qanday rivojlantirish mumkinligi qiziqtiradi, albatta. Ushbu maqola esa yuqoridagi kabi savollarga javob topishda asqotishi mumkin.

 

1.Qog'ozdan tayyorlangan sumkalar. O'z biznesini tashkil qilish va bu yo'lda kutilgan natijalarni qo'lga kiritish imkoniyatlaridan biri qog'oz sumkalar va xaltalar ishlab chiqarishdir. Bunday korxonani istalgan joyda ochish mumkin, chunki u xom ashyo manbalariga bog'liq emas. Qadoqlangan qog'ozlar ko'plab sohalarda talabga ega, shuning uchun siz mijozlar kanallarini topishda hech qanday muammoga duch kelmaysiz. Bunday mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun uskunalar arzon. Ko'p joy egallamasligi bois siz bunday uskunani avtomobil turargohiga ham o'rnatishingiz mumkin. Mahsulotingizni turli xil tasvirlar yoki logotiplar bilan bezashingiz esa korxonaning rentabelligini sezilarli darajada oshirish va ko'proq mijozlarni jalb etish imkonini beradi.

 

2.Buyurtma asosida tayyorlanadigan mebel. Bu sizning biznesingizni tom ma'noda noldan boshlash imkonini beruvchi eng maqbul usullardan biridir. Avvalo pulni tejash va o'rinli sarflashning qulay usullarini o'ylab toping. Birinchi galda siz o'z mahsulotingizni egasiga yetkazib berishni yo'lga qo'ying. Buning uchun eskirgan avtomashinani arzon narxda harid qilishingiz yoki ularni ijaraga olishingiz mumkin. Mijozlar oldindan to'lovni amalga oshirganligi sababli, tadbirkorlar odatda olingan mablag'lardan materiallar va aksessuarlar sotib olishda  foydalanadilar. Bunday ishlab chiqarishning rentabelligi 30-35 foizni tashkil qiladi.

3.Bezak uchun beton ishlab chiqarish. U holda dekorativ betonlarga e'tibor qarating. Bu

biznesning eng maqbul variantlaridan biri, shu bilan birga u juda yuqori daromad keltiradi.

Ushbu qurilish materialiga bo'lgan talab har qanday iqtisodiy tanazzul sharoitida ham

pasaymaydi. Dekorativ beton ishlab chiqarish uchun xom ashyo odatda qum, sement va granit kabi arzon materiallar asos bo'ladi. Bundan tashqari, siz rang beruvchi pigment va plastifikator sotib olishingiz kerak. Ishlab chiqarish uskunalarini bo'lib-bo'lib sotib olish yoki ijaraga olish mumkin. Shu bilan birga, bugungi kunda o'zining tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yib, samarali natijaga erishgan hamyurtlarimiz nomini keltirishni ham o'rinli deb bildik.  “Toshkent” MFY hududida vanna ishlab chiqarish sehini ochish orqali o'zining tadbirkorlik faoliyatini boshlagan Jasur Begaliev bugungi kunda 15 nafar fuqaroni ish bilan ta'minlashga erishdi. Mahalladagi hokim yordamchisi tavsiyasi bilan bankdan olingan 33 mln.so'm miqdoridagi kredit evaziga asos solingan “Akva Vanna” mas'uliyati cheklangan jamiyatining ayni paytdagi oylik ishlab chiqarish hamjmi 270 mln. so'mni tashkil qilmoqda. Bugungi kunda ushbu sohada malaka oshirib, o'z mablag'iga ega bo'lgan jamiyat rahbari sohaga qiziqishni bildirgan yoshlarga yo'l-yo'riq ko'rsatib, o'z biznes faoliyatini boshlashlari uchun birlamchi bilimlarini berish haqida ham ta'kidlab o'tdi. 

SH.MAMIROV.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi
14 март 2023, Вторник
Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi
Paxtakor tumani 2-sektor hududida olib borilayotgan ishlar.
15 сентябрь 2022, Четверг
Paxtakor tumani 2-sektor hududida olib borilayotgan ishlar.
Aholini ro‘yxatga olish strategik masala
14 июнь 2022, Вторник
Aholini ro‘yxatga olish strategik masala
Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l!
27 апрель 2022, Среда
Yangi O‘zbekistonning bir qismi bo‘l!
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар