Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » "Xavfsiz hayot uchun" shiori ostida velosport hamda piyoda yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

"Xavfsiz hayot uchun" shiori ostida velosport hamda piyoda yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

28 март 2023 йил
316
0

 Bugun erta tongdan tumani Ichki ishlar bo‘limi, tuman hokimiligi va barcha  hamkor tashkilotlar tomonidan  "Xavfsiz hayot uchun" aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan mazkur marafon barchaga jismoniy tetiklik bilan birga aʼlo kayfiyat ham bag‘ishladi.

Jarayonlarda marafon ishtirokchilari hamda keng jamoatchilik va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari sergaklik bilan o‘z xizmat burchlarini olib bordilar. Marafon qatnashchilariga nur qaytargichli jiletlar va xavfsiz hayotga chaqiruvchi bukletlar tarqatildi. Takitlab o‘tish kerakki mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olgan ushbu aksiya doirasida maktab o‘quvchilari, shuningdek, shahar bo‘ylab harakat qilish uchun velosipedlardan muntazam foydalanadigan fuqarolar ishtirok etishmoqda. Tuman markazidan boshlangan velamarafon ishtirokchilari shahrimiz ko‘chalari bo‘ylab harakatlandi. Marafonning asosiy mavzusi bo‘lgan piyoda yurish barcha sport turlari orasida eng osoni va qulayi hisoblanadi. Buning uchun juda ko‘p energiya sarflashning hojati yo‘q. Ijobiy ta’siri esa juda yuqori. Yurish organizmning umumiy holatiga ta’sir ko‘rsatadi, mushaklarni baquvvat qiladi, suyak to‘qimasini mustahkamlaydi, harakatlarni muvofiqlashtirishni rivojlantiradi.

 

Sog‘lom turmush targ‘ibotiga qaratilgan ushbu ommaviy piyoda yurish marafonida ishtirok etgan tuman faollaridan biri Hayotxon Bo‘ronova  piyoda yurish marafonining o‘ziga xos ramziy ma’nosi ham bor. Sog‘lom insongina jismonan mustaqil bo‘ladi, o‘z maqsadi sari dadil va erkin harakat qila oladi. Buning uchun esa sog‘lom turmush tarziga amal qilish lozim deya takitlab o‘tdi.

Ma’lumki, jismoniy tarbiya va sport bilan  shug’ullanuvchi xotin-qizlarning soni yildan yilga ortib bormoqda. Bu holat respublikamizda kun sayin sportning rivojlanayotgani va yashash tarzimizda ro‘y beradigan o‘zgarishlar bilan bog’liqdir. Ochiq havoda o‘tkazilgan jismoniy mashg‘ulotlarda ham tumandagi turli yoshdagi xotin-qizlarning jismoniy mashqlari bilan marafonni yanada yuqori bosqichga olib chiqdi.

Tuman IIB YHXB boshlig‘i mayor A.Ashurov tomonidan avtomabil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatini kamaytirish bo‘yicha hamda tumanimizda Yo‘l-transport xodisasining barvaqt oldini olish, haydovchilar va piyodalarning belgilangan qoidalarga amal qilishi borasidagi sa'y-harakatlarning natijalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 

Marafon so‘nggida, o‘tkazilgan taqdirlash marosimida faol qatnashgan bir guruh ishtirokchilarga esdalik sovg‘alarni topshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар