Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » 2023 yilda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida

2023 yilda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida

28 март 2023 йил
1 745
0

 Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini 2023 yilda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida

 “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 6, 25- moddalari, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunining 17-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 martdagi 125-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (keyingi o‘rinlarda – Nizom) muvofiq transport vositalarining 2022 yilda majburiy texnik ko‘rigini tashkil qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunining 6 va 25- moddalariga asosan

QAROR QILAMAN:

  1. Tuman hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari va ularning tirkamalari majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilsin.
  2. Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha tuman komissiyasi tarkibi 1-ilovaga, texnik ko‘rikni o‘tkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablariga asosan jismoniy shaxslar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida va shartnoma asosida jalb etilgan xususiy texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida hamda yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlarida M1 toifadagi transport vositalari egalari o‘z transport vositasining texnik holati va uskunalari muvofiqligini baholash uchun belgilangan yig‘im to‘lovini amalga oshirgandan so‘ng, o‘z tanloviga ko‘ra texnik ko‘rikdan o‘tkazishi belgilansin.
  4. Tumandagi barcha transport vositalari egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda, o‘z vaqtida reja jadval asosida ko‘rikdan o‘tkazish majburiyati yuklatilsin.
  5. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik ko‘rikdan o‘tkazilsin:
  6. a) tijorat asosida yo‘lovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va o‘tiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq bo‘lgan (haydovchining o‘rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularning tirkamalari ― bir yilda ikki marta;
  7. b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan ko‘p bo‘lmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning «a» kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) ― ikki yilda bir marta;
  8. v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq bo‘lgan transport vositalari, shuningdek, ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning «a» kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalaridan tashqari) ― bir yilda bir marta;
  9. g) tirkamalar ko‘rikka transport vositasi ― shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
  10. Mazkur qarorning 4-bandi «a» kichik bandida ko‘rsatilgan transport vositalarning texnik ko‘rigi:

birinchi marta ― 1 aprel ― 30 iyunda;

ikkinchi marta ― 1 sentabr ― 31 oktabrda o‘tkaziladi.

Yuridik shaxslarga qarashli bo‘lgan transport vositalarining texnik ko‘rigi 1 aprel ― 30 iyunda;

Jismoniy shaxslarga qarashli bo‘lgan transport vositalarining texnik ko‘rigi 9 apreldan ― 31 avgustga qadar o‘tkazilsin.

  1. Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tuman komissiyasi rahbariga transport vositalarining texnik ko‘rikdan o‘tkazishda:

- transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomada(texnik pasportda, texnik talonda) ko‘rsatilgan ma’lumotlarga transport vositasi turi, markasi, modeli, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari, shassi (rama), kuzov va dvigatelning identifikatsiyalash raqamlarining muvofiqligi;

- transport vositasining texnik holati va jihozlari texnik reglamentlar, standartlar talablariga, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari va normalariga muvofiqligi;

- maxsus va tezkor xizmatlarning transport vositalarida maxsus rangli va ovozli signallar qurilmalarining mavjudligi, sozligi va qonuniyligi, shuningdek, transport vositasining rang-grafik bo‘yash sxemalarining texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiqligi;

- gaz yonilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishda gaz ballonlarining foydalanish muddati, ishlab chiqarilgan yili, zavod raqami, gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazish muddatlari, gaz balloni anjomlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirilishini ta’minlasin.

- Transport vositalarining majburiy texnik ko‘rigi DYHXX organlari hamda tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslar tomonidan nizomga muvofiq o‘tkaziladi hamda tegishli yig‘im undiriladi.

- Transport vositalarining texnik holati va uskunalarining muvofiqligini baholash uchun DYHXX organlari tomonidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning texnika bazalari, shuningdek, xususiy texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.

- Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalari faqat tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

  1. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 martdagi 125-son “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori 3-bandiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati harbiy bo‘linmalarining transport vositalari mazkur idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi inobatga olinsin.
  2. Tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlishtirish bo‘limi (E. Axmedov) majburiy texnik ko‘rik yakuni to‘g‘risida tuman hokimligiga axborot taqdim etsin.
  3. Ushbu qaror “Paxtakor hayoti”gazetasida e’lon qilinsin va belgilangan tartibda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
  4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari O.Amanov zimmasiga, bajarilishini ta’minlash tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i E.Axmedov zimmasiga yuklatilsin.
  5. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

     

     

     
скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар