Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda klaster va fermerlarga seminar-trening tashkil qilindi

Paxtakorda klaster va fermerlarga seminar-trening tashkil qilindi

01 апрель 2023 йил
169
0

 Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Jizzax politexnika instituti Paxtachilik ilmiy markazining tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi, Jizzax viloyati ishchi guruhi hamda Jizzax politexnika instituti Paxtachilik ilmiy markazi aʼzolari seminari, shuningdek, ilmiy markazning Paxtakor tumanida olib borilgan ishlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

Dastlab JizPI qoshidagi paxtachilik ilmiy markazida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishishdan boshlab, Paxtachilik kengashi a’zosi Q.Jumaniyozov, Paxtakor tumani hokimiyat vakillari, ilmiy markaz a’zolari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, klaster va fermerlarga seminar-trening tashkil qilib, chigit ekish jarayoni hamda boshqa mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berishdi. Shuningdek, Ilmiy markaz tavsiyasiga ko’ra, Paxtakor tumanidagi “Semrug‘”, “Ibroxim asl paxta”, “G‘olib”, “Kuzgi xirmon”, “Bog‘i mavo sharbatlari” va “Jamshid-Xurshid dalasi” f/x dala chetidan maqsadli foydalanish yuzasidan dala cheti maydonlariga oshqovoq, ko‘kat, tut, bulg‘or qalampiri, uzum va boshqa ekinlar ekilganligi bo‘yicha muhokama boʻlib oʻtdi. So‘ngra “Turkiston” FXHU hududidagi “Damin” ota f/x dalasida chigit ekish ishlari bilan tanishishdi.

 Kunning II yarmida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani "Jizzax Industrial To‘qima" MCHJga qarashli paxta saqlash maskaniga tashrif buyurilib, bugungi kun paxta ekish mavsumiga tayyorgarligi, urug‘lik chigit ombori va chigitlarning saqlanish holati bilan tanishdilar.

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар