Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi

Paxtakorda yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi

18 апрель 2023 йил
206
0

 Soʻnggi yillarda mamlakatimizda dunyoda oʻxshashi boʻlmagan mazkur tuzilmani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Mahallalar jamiyatda tinchlik-totuvlik, oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsligini taʼminlash, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etishda xalqimizga eng yaqin ijtimoiy tuzilma hisoblanadi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda dunyoda oʻxshashi boʻlmagan mazkur tuzilmani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimizning 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2019-yil 2-apreldagi “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari muhim dasturilamal vazifasini oʻtayotir.Mazkur farmonga muvofiq, fuqarolar yigʻinlari idoralari binolarini namunaviy loyihalar va ularga qoʻyilgan talablar asosida qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash), ularni zarur mebel, kompyuter, aloqa vositalari va internet tarmogʻi bilan taʼminlash vazifasi belgilangan.

 Bugun tumanimizning “Dilorom” mahalla fuqarolar yigʻinining yangi binosi foydalanishga topshirildi.– “Dilorom” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 4 ming 600 dan ziyod aholi istiqomat qiladi, – deydi mazkur mahalla raisi Abdusattor Mustafoev. – Fuqarolar yigʻini ayni paytga qadar o‘z binosiga ega bo‘lmaganligi va ijarada faoliyat yuritib kelayotganligi bir muncha noqulayliklarni keltirib chiqaryotgan edi. Yangi binoda nafaqat xodimlar, balki bu yerga keladigan har bitta fuqaro uchun barcha qulaylik yaratildi. Binoda profilaktika inspektori xonasi va kutubxona ham bor. Mahalla xayriya jamoat fondi tomonidan barcha xonalar zamonaviy mebel jihozlari bilan taʼminlangan.

Mahalla binosining ochilish marosimida tuman hokimi A.Ashurov, Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo’limi boshlig'i A.Salomov, soʻzga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatning asl maqsadi va mamlakatni ertangi kundagi rivojlanishining muhim bosqichi, avvalo, mahalla institutining faoliyatini yanada takomillashtirish va nufuzini yuksaltirishga qaratilganligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Qisqacha aytganda, shahrimizda bugun ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Koʼp qavatli uylardan iborat yangi massiv qurilmoqda. Salomatlik yoʼlaklari bunyod etilmoqda. “Dilorom” mahalla binosida oʼtkazilayotgan bugungi tadbirda ham shahrimizning iqtisodiy-ijtimoiy va aholi salomatligi yoʼlida jonbozlik koʼrsatayogan bir guruh soha xodimlari ham eʼzozlanmoqdaki, bu kabi eʼtirof va ragʼbat ularning kuchiga kuch bagʼishlaydi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар