https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
 Paxtakorda Tadbirkorlik subyektlarining vakillari bilan OCHIQ MULOQAT tashkil etildi » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda Tadbirkorlik subyektlarining vakillari bilan OCHIQ MULOQAT tashkil etildi

Paxtakorda Tadbirkorlik subyektlarining vakillari bilan OCHIQ MULOQAT tashkil etildi

19 апрель 2023 йил
173
0

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni mas’ul xodimlari hamda mutasaddi idora vakillari tomonidan Paxtakor tumanida 2023 yil 18 aprel kuni Tadbirkorlik subyektlarining vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda tuman hokimi Asilbek Ashurov, tumanda faoliyat ko‘rsatuvchi 30 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari, 25 ta nazorat qiluvchi viloyat va tuman idora hamda tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir boshida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2022 yildagi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-374-sonli Qarori mazmun mohiyati tushuntirildi.

Shundan so‘ng, Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida mavjud muammolari tenglandi.

Uchrashuv jarayonida bank kreditini ajratish, yerni auksion savdosiga chiqarish, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish, soliqlarni kechiktirish hamda kredit muddatini uzaytirish masalasida jami 8 ta murojaat kelib tushdi, soliq masalasi bilan bog‘liq 2 ta murojaat joyida hal etildi.

Murojaatlar xususiyatiga e’tibor beriladigan bo‘lsa, asosan tadbirkorlarning bank kredit muddatlarini prolongatsiya qilishda amaliy yordam berish masalalari ko‘tarildi.

Tadbirdan so‘ng Paxtakor tumanida joylashgan paxta-to‘qimachilik klasteri sifatida faoliyat olib borayotgan “Paxtakor Teks” MCHJ qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

Jumladan, “Paxtakor Teks” MCHJ qo‘shma korxonasi 2017 yilda tashkil etilgan.

Jamiyatda 450 nafar ishchi-xizmatchilar faoliyat olib boradi.

2019 yildan boshlab Yaponiya, Shveysariya va Turkiya davlatlaridan import asosida keltirilgan uskunalarda yuqori sifatli ip-kalava mahsulotini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Kunlik ip-kalava ishlab chiqarish hajmi 20 tonnani tashkil qiladi.

O‘tgan 2022 yil mobaynida jamiyatda ishlab chiqarilgan mahsulotdan

13,6 mln. AQSH dollari miqdoridagi mahsulot Turkiya va Xitoy davlatlariga eksport qilingan.

Korxonani kengaytirish maqsadida bo‘yalgan mato ishlab chiqarish loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, loyihani joriy yilning 3-choragida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Korxona rahbari I.Abdurahmonov bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda, korxonada elektr ta’minotida uzilishlar bo‘layotganligi va bu o‘z navbatida ishlab chiqarish jarayoniga salbiy ta’sir etayotganligi ma’lum qilindi.

Ushbu masalani mutaxassislarni jalb etgan holda vakil devonida o‘rganish va uni vakolat doirasida hal qilish chorasini ko‘rish bo‘yicha to‘xtamga kelindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303