Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » VILOYATDA “YOSH GVARDIYACHILAR” SARALANDI

VILOYATDA “YOSH GVARDIYACHILAR” SARALANDI

28 апрель 2023 йил
151
0

 Milliy Gvardiya Jizzax viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Jizzax viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi hamkorligida “Yosh gvardiyachilar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada tumanlardan kelgan 12 ta umumta’lim maktabi o'quvchi yoshlari 10 ta shart bo‘yicha o‘z jamoasi sha’nini himoya qilish maqsadida g‘oliblik uchun bellashdilar. Yoshlar saf tayyorgaligi, gazga qarshi maxsus vositalarni keyish, qo’l jangi usullari namoyishi, kamondan otish, zukkolik va jismoniy tayyorgarlik borasida nimalarga qodir ekanliklarini isbotlab berishdi. Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, Paxtakor tumanining  “Alanga” jamoasi 3-o‘rinni, G‘allaorol tumanining “Yosh askarlar” jamoasi 2-o‘rinni, Arnasoy tumaning “Mard o‘g‘lonlar” jamoasi 1-o‘rinni egallab, musobqaning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Musobaqa g‘oliblari hamkor tashkilotlarning diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар