Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumanida dastlab Qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar “Yashil makon” loyihasini amalga oshirish borasida Ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Paxtakor tumanida dastlab Qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar “Yashil makon” loyihasini amalga oshirish borasida Ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

20 апрель 2023 йил
134
0

 

Mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan aholi yashash sharoitlarini yaxshilash, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ekologik vaziyatni inobatga olib, tabiatni asrash maqsadida daraxt ekish ishlari kun tartibidagi muhim masalaga aylanmoqda. Shu maqsadda davlatimiz rahbari “Yashil makon” umummilliy loyihasi va loyiha doirasida qator tadbirlarni amalga oshirish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Ochiq muloqat tuman hokimi va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida bo’lib o’tdi bunda “Yashil makon” loyihasi bo’yicha tuman bo’ylab amalga oshirilgan ishlar samaradorligi hamda parvarishi borasida mutaxassislar tomonidan keng tushunchalar berildi.


G‘alla o‘rim-yig‘imiga tayyorgarlik ko’rish borasida ko‘rgazmali seminar bilan davom etdi.

Tuman joriy yilgi g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumiga tayyorgarlik ko’rish borasida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar avvalida yoshi ulug‘ otaxonlar bobodehqonlar oldidagi mashaqqatli, shu bilan birga sharafli ishlarida kuch-quvvat tilab, yurtimizda mo‘l-ko‘lchilik, to‘kin-sochinlik bo‘lishiga duo qildi. Shundan so‘ng seminar ishtirokchilariga iyun iyulgacha davom etadigan o‘rim-yig‘im mavsumida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, tumanda don qabul qilish shoxobchasi tomonidan joriy yilda jami 36 ming 329 tonna boshoqli don ekinlarini qabul qilish reja qilingan. Ushbu ishlarni uyushqoqlik bilan, tizimli ravishda amalga oshirish maqsadida shtab tashkil qilinib, 16 ta o‘rim otryadiga 46 ta kombayn biriktirildi.

bugungi kunda kombaynlar o‘rim-yig‘im mavsumiga tayyor holatga keltirilmoqda hamda mavsum davomida uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun ehtiyot qismlar zaxiralari yaratilgan. Kombaynlar bilan bir qatorda mavsumda don tashishga mo‘ljallangan va xizmat ko‘rsatadigan texnikalar ham jalb qilinib, ularning ham mavsum davomida to‘liq ishchi holatida bo‘lishini ta’minlash choralari ko‘rilgan.

Qolaversa, mavsum davomida kombayn haydovchilariga yetarli shart-sharoit yaratib berish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, moddiy rag‘batlantirish masalalari ham e’tiborga olindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар