Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27

YORQIN XOTIRALAR YODGA OLINDI.

08 май 2023 йил
173
0

 «9-may – Xotira va qadrlash kuni» qutlug‘ bo‘lsin!

G‘alabani ulug’lovchi va urush qurbonlarini xotirlovchi shiorlar osilgan xiyobonda o’tkazilgan tadbirning asosiy qismida ikkinchi jahon urishi mehnat faxriylari, Afg’on urushi va yadroviy quvvatdan foydalanish boshlanganidan buyon ro’y bergan eng halokatli hodisa sifatida baholangan Chernobil halokati oqibatlarini bartaraf etish ishlarida qatnashgan hamyurtlarimiz va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Maydon uzra yangragan O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasidan so’ng tuman hokimi A.Ashurov so’zga chiqib, ko’p millatli O’zbekiston xalqining haqiqiy jasorat va fidoiylik ko’rsatib, fashizim ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan ulkan xissasi, 1.5 milliondan ziyod yurtdoshimiz janglarda ishtirok etib, ularning 500 mingdan ortig’i qahramonlarcha halok bo’lgani haqida gapirib o’tdi. Shu bilan birga urush davrida Respublikamiz front uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurol-aslaxa va boshqa vositalarni yetkazib beradigan muhim ta’minot markazlarida biriga aylangani yurtdoshlarimiz janglar davom etayotgan hududlardan O’zbekistonga ko’chirilgan 1.5 milliondan ortiq keksalar, ayollar va yosh go’daklarni bag’riga olib og’ir damlarda ularga beqiyos g’amxo’rlik ko’rsatgani haqida ham alohida ta’kitladi.

Shundan so’ng tuman hokimligi mavjud muassasa, tashkilot, korxonalar va mehnat jamoalari tomonidan xiyobonga o’rnatilgan Motamsaro ona haykali poyiga gulchanbarlar qo’yildi. Urush qurbonlari xotirasi bir daqiqalik sukut bilan yodga olindi. Bayram tantanalariga taklif etilgan ko’plab mehnat fahriylari va Chernobil halokatini bartaraf etish ishlarida fidokorlik ko’rsatgan hamyurtlarimiz ham yorug’ kunlar shukronasi, ajdodlar ruhiga hurmat yuzasidan Matomsaro ona yodgorligi poyiga guldastalar qo’yib o’zlarining hurmat va ehtiromlarini ko’rsatdilar.

Sana munosabatiga bag’ishlangan tadbirning badiiy qismi tuman madaniyat markazining istedodli honandasi B.Azizova ijrosidagi “Xotira xiyoboni” qo’shig’i bilan boshlandi. Tadbirdan so’ng, tuman hokimi A.Ashurov boshchiligidagi bir guruh mutasaddilar Ikkinchi jahon urushi mehnat faxriylari xonadonlariga tashrif buyurishib, ularning holidan xabar oldilar, o’tmish haqidagi yorqin xotiralari bilan o’rtoqlashdilar zero xotirasiz kelajak yo’q.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Paxtakor tumani hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар