Paxtakor tumanida fermer xo‘jalik rahbarlari bilan uchrash bo'lib o'tdi.
Paxtakor tumani hokimi Ashurov Asilbek Rahmonovich 2023 yil 14-may kuni tumandagi fermer xo‘jalik rahbarlari bilan uchrashdi.
Ushbu uchrashuvda tuman hokimi 2023 yilda g‘alla o'rimida g'alla hosilini nes-nobud qilmasdan yig'ib olish, g'alla o'rimi ishlariga tayyorgarlik sifatini ko'zdan kechirib, dala maydonlaridan xandaklarni ko'mish ishlarini bajarish zarurligini aytib o'tdi.
Shuningdek, barcha fermer xo‘jaliklari o‘zlariga tegishli bo‘lgan dala maydonlari atrofiga tut, tok hamda yerdan unumli foydalanish sifatida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Paxtakor tumani hokimligi axborot xizmati.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)