https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
 Joriy yil yanvar-iyun oylarida 1-sektorda amalga oshirilgan ishlar » Пахтакор тумани ҳокимлиги расмий сайти
Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Joriy yil yanvar-iyun oylarida 1-sektorda amalga oshirilgan ishlar

Joriy yil yanvar-iyun oylarida 1-sektorda amalga oshirilgan ishlar

24 июль 2023 йил
198
0

  2023 yil yanvar-iyun oylarida 1-sektor hududida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, “Temir daftar”, “Аyollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida maʼlumot
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi “Аholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5633-sonli Farmoni, 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 4102-sonli qarori ijrosi taʼminlash yuzasidan tumanda har bir shaxs bilan individual va tizimli ravishda muntazam ish olib borishni tashkil qilishda moddiy yordam va koʼmakka muhtoj oilalar boʼyicha “Temir daftar”, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qoʼllab-quvvatlashga, bilim va kasb-hunar oʼrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi boʼlgan xotin-qizlar va yoshlar boʼyicha tegishlicha “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari” tizimlari hayotga tatbiq etildi.
Joriy yil 1-chi yarim yillikda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 217 nafar yoshlarni, “Аyollar daftari”ga kiritilgan 706 nafar ayollarni, “Temir daftardagi” 4 ta oilalarni ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, hayot va turmush sharoitidagi muammolarini aniqlash, yakka tartibda ishlash orqali ularning hayot tarzini yaxshilash, aniqlangan muammolarni kompleks va manzilli hal qilish boʼyicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 14 sentyabrdagi “Yoshlar oid Davlat siyosati toʼgʼrisida”gi OʼRQ-406-sonli Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-92-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi “Yoshlar muammolarini oʼrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 312-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida, mahallalarda yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, milliy xalq oʼyinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼnaviy tadbirlari yoʼlga qoʼyildi.
Yoshlarni bandligini taʼminlash, tadbirkorlik koʼnikmalarini shakllantirish, Oliy taʼlim muassasalariga qamrovini oshirish, ularni kasb-hunarga yoʼnaltirish masalalari alohida nazoratga olindi. 
Jumladan, 1-sektor hududida “Yoshlar daftari” platformasiga kiritilgan 217 nafar yoshlarning 20 nafar Oliy taʼlim muassasalari talabalariga 68,7 mln.soʼm taʼlim kontrakt mablagʼlari toʼlab berildi;
-10 nafar yoshlarga 11,0 mln.soʼm bir martalik moddiy yordam mablagʼlari;
-12 nafar yoshlarni kasb-hunar va haydovchilik guvohnomasi oʼqitish xarajatlarini qoplash uchun 9,2 mln.soʼm;
-2 nafar yoshlarga subsidiya asosida 18,0 mln.soʼmlik mehnat qurollari;
-11 nafar yoshga sogʼligʼini tiklash uchun 31,3 mln.soʼm mablagʼlar toʼlab berildi;
-100 nafar yoshlarga “Аuktsion” orqali suvli maydonlardan 93 gektar yer maydonlari ajratildi.
Bundan tashqari, 34 nafar yoshlarni iqtisodiyotning turli sohalarida bandligi taʼminlandi.     
Uyushmagan yoshlar ishtirokida, yoshlarni boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va besh tashubbus olimpiadasi doirasida
-Chamanzor mahallasida 96 marotoba;
-Buyuk ipak yoʼli mahallasida 104 marotoba;
-Toshkent mahallasida 92 marotoba;
-Samarqand mahallasida 110 marotoba jami, 402 marotaba sport, madaniy va boshqa tadbirlar oʼtkazildi.
 
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi “Xotin-qizlar muammolarini oʼrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 145-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda “Mahallabay” ishlash orqali ishchi guruhining oʼrganish natijasiga koʼra 1-sektorda joriy yil 4-chi bosqichda 706 nafar ayollar “Аyollar daftarida roʼyxatga olinib, ularni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qoʼllab-quvvatlash  tartibi belgilandi.
Jumladan:
-77 nafar boquvchisini yoʼqotgan, 1-2 guruh nogironligi boʼlgan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʼllab-quvvatlash maqsadida 46,3 mln.soʼm moddiy yordam mablagʼlari berildi.
-16 nafar ijarada uyda yashovchi oilalarga 46,4 mln.soʼm mablagʼlar toʼlab berildi;
-168 nafar ayollarni iqtisodiyotning turli sohalarida bandligi taʼminlandi;
-40 nafar ayollar va ularning farzandlariga tibbiy xizmatlar koʼrsatib, sogʼligʼi tiklandi; 
-20 nafar ayollarni Samarqand va Xiva shaxriga sayohati uyushtirildi.
 Muhtaram Prezidentimiz takidlaganidek, “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida, xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash boʼyicha olib borayotgan keng koʼlamli ijtimoiy islohotlarni davom ettirish. Аholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish– biz uchun bosh vazifalardan biri boʼlib qoladi deb bildirib oʼtgan fikrlari asosida tumanda kam taʼminlangan, boquvchisini yoʼqotgan, nogiron, ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarni qoʼllab-quvvatlash, bandligini taʼminlash, tadbirkorlik ruhini uygʼotish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini toʼliq roʼyobga chiqarish, yangi ish oʼrinlari yaratish boʼyicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga tadbiq etgan holda bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Bundan tashqari, sektor rahbari, tuman hokimining oʼrinbosarlari, tegishli tashkilot, korxona va muassasalar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida 28 marotoba “Sayyor qabullar” va 24 marotoba “Yoshlar bilan uchrashuvlar” oʼtkazilib ulardan 311 ta murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning 257 tasi (82,1 %) foizi ijobiy hal etildi, 54 tasi boʼyicha huquqiy asoslantirilib tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabullarda fuqarolar tomonidan eng koʼp bildirilayotgan muammolar, ichimlik suvi, oqova suv, ichki yoʼllarni taʼmirlash, kadastr, bandlik masalasi, bolalar nafaqasi, moddiy yordam tayinlash, uy-joy bilan taʼminlash va boshqa masalalar):
Jumandan:
Samarqand va Toshkent mahallasi hududlarida 3,5 km oqova chiqindi suv tarmoqlari tozalandi.
Samarqand MFY hududi Ulugʼbek koʼchasidagi 1 ta GRP joriy, 2 km gaz tarmogʼi joriy taʼmirlandi.
Chamanzor MFYdagi, Chorvador mahallasiga 34 ta, Buyuk ipak yoʼli MFY Zomin koʼchasiga 26 ta, jami 60 ta yangi elektr tayanch ustulari va yangi elektr transformatorlar oʼrnatildi.
Buyuk ipak yoʼli MFY hududidagi, Dugʼoba koʼchasida 0,8 km, Bogʼdon koʼchasida 1,0 km, Fidokorlar koʼchasida 0,1 km jami, 1,9 km, Chamanzor MFY hududidagi, Bobur koʼchasida 1,2 km, Inb-Sino koʼchasida 0,5 km jami, 1,7 km, ichki yoʼllar shagʼallashtirildi, Samarqand MFY hududidan oʼtuvchi 0,5 km ichki yoʼlga beton qoplamasi, Toshkent MFY hududidagi Rudakiy koʼchasiga 0,5 km yoʼlga asʼfalt qoplamasi yotqizildi.
Sayyor qabullarda murojaat qilgan 32 nafar nogiron, davolanishga muxtoj, kam taʼminlangan fuqarolar tibbiy koʼrikdan oʼtkazilib, shundan, 15 nafariga bepul dori-darmonlar, 5 nafariga nogironlik aravachasi, 2 nafar fuqarolarga eshitish maslamasi, hassa va qoʼltiq tayoqlar, 10 nafar 1 va 2 guruh nogiron va kam taʼminlangan fuqarolarga davolanish uchun orderlar berildi.
Xalq deputatlari, tuman kengashining qarori bilan “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasi tomonidan kam taʼminlangan, boquvchisini yoʼqotgan, nogiron, sogʼligʼini tiklash, dori-darmon, ijtimoiy himoyaga muxtoj, “Temir daftar” roʼyxatga olingan 42 nafar fuqarolarga bir martalik 36,5 mln.soʼm moddiy yordam mablagʼlari berildi.
Hurmatli deputatlar, tumanimiz faollari!
Oldimizga katta vazifalar qoʼyigan, hali kamchiliklarimiz koʼp, har haftada Sektor rahbarlari, tegishli tashkilot, korxona va muassaslar raxbarlari ishtirokida Sayyor qabullar, Yoshlar bilan uchrashuvlarida aholi va koʼpgina shijoatli yoshlarimiz tomonidan yaxshi takliflar bildirilmoqda. Hukumatimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni bajarish, shu yoʼl bilan xalqimizning turmush sharoitlarini yaxshilashdek katta vazifalar turganligini hammamiz maʼsuliyat bilan his qilgan holda mehnat qilishimiz talab qilinadi.
Bu vazifalarni bajarishda barchangizga muvaffaqiyalar tilayman.
 
Eʼtiboringiz uchun rahmat

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар
RAJASLOT303