Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Yaponiya davlatidan kichik grantlar koordinatori Paxtakor tumanidagi 4-maktabda bo’ldi

Yaponiya davlatidan kichik grantlar koordinatori Paxtakor tumanidagi 4-maktabda bo’ldi

25 июль 2023 йил
124
0

 Inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kichik miqiyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam dasturi

   

“Inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kichik miqiyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi Yaponiya hukumati tomonidan 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

  Dasturning maqsadi aholining birlamchi ehtiyojlarini va inson xavfsizligini ta’minlash orqali ularga bevosita yordam ko’rsatishdan iborat. O‘zbekistondagi Yaponiya elchixonasi dasturida ishtirok etishni xohlovchilardan yil davomida arizalarni qabul qiladi. Yaponiya elchixonasi arizalarni quydagi tashkilotlardan qabul qiladi:

  • Tibbiyot muassasalari (kasalxonalar, reabilitatsiya markazlari va hokazo);
  • Ta’lim muassasalari (o‘rta maktablar, imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktab-internatlar va bog‘chalar);
  • Mahalliy hokimyat organlari (shahar, tuman yoki viloyat hokimiyatlari);
  • Mahalliy va xalqaro nodavlat-notijorat tashkiloatlari (tashkilotchilarning fuqaroligidan qat’iy nazar).

 2019-yilda Jizzax viloyati Paxtakor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jami 50 000 AQSH dollarlik grandni qo’lga kiritgan edi.

– Taqdim etilgan grant mablag‘lari evaziga muassasamizni zamonaviy mebel jihozlari va hududdagi qizlarni xunarga o‘rgatish va ularni kelajakda ish bilan ta’minlash maqsadida tikuv mashinalari olib kelib foydalanishga topshirdik– dedi ta’lim muassasasi rahbari Malika Murodova. – Bu kabi loyihalar yosh avlodni har jihatdan yetuk, barkamol inson etib tarbiyalashga munosib hissa qo‘shadi. Shuningdek, maktabda tahsil oluvchi o’quvchilarning bilim saviyasini oshirish, ularga jahon talablari asosida bilim olishlariga yetarlicha shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida maktabdagi biyologiya, kimyo, fizika va sinf xonalariga parta, stul, kitob va kiyim javonlari har bir jixoz ajratilgan sinf yoki fan kabinetlariga joylashtirilganligiga e’tibor qaratdik. Maktab oshxonasi uchun alohida oshxona pechlari va muzlatkich o’rnatilgan. Joriy yilning 25-iyul sanasida Yaponiya davlatidan kichik grantlar koordinatori Mariyama Nana 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga ushbu olingan jihozlarni holatini o’rganish uchun tashrif buyurdi. O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning amaliy ifodasi bo‘lgan bunday loyihalar aholi salomatligini mustahkamlash, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish barobarida, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi faol va serqirra munosabatlarni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар