Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda Suvanobod, Samarqand mahallalarining 60 yillik orzulari ushaldi.

Paxtakorda Suvanobod, Samarqand mahallalarining 60 yillik orzulari ushaldi.

02 август 2023 йил
260
0

 Paxtakor tumani Suvanobod hamda Samarqand mahallalarida 6 oy davomida davlat dasturi, homiylar hamda xashar yo’llari bilan bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Jumladan,

“Sangzor yo’l qurilish” masulyati cheklangan jamiyat rahbari Sagdullayev Husanboy Ahmedovich boshchiligida Suvanobod hamda Samarqand mahallalarida jami 2 km 660 metr ichki yo’llarga asfalt yotqizish ishlari amalga oshirildi.

            “Sangzor buloq” masulyati cheklangan jamiyat rahbari Mamatqulov Rashid Lapasovich hamda MCHJ ish yurituvchisi Elyor Abdurazzaqovlar boshchiligida Suvanobod hamda Samarqand mahallalarida 3 km 290 m piyodalar yo’laklari qurilgan bo’lsa, mahallaning kanal bo’yi ko’chasiga 120 dona yoritish chiroqlari o’rnatildi. Bundan tashqari 3 km 600 metr ichki tosh yo’llar beton yo’llarga aylantirildi.

       Qurilish ishlarini muvaffaqiyatli tamomlagan “Sangzor buloq” masulyati cheklangan jamiyat tomonidan ushbu mahallalar oqsoqollari hamkorlik qilgan mutasaddi tashkilotlar xodimlari dasturxon yozib osh tarqatildi. Qilingan ishlar, olib borilayotgan islohatlar oldidan quro’n tilovadlar qilindi. Mahalla oqsoqollari, xoji bobolari tomonidan mahallaning dastlab holati va bugungi kundagi o’zgarishlarni to’lqinlanib xalqga aytib berdilar.

        Ma’sulyatli ishlarini davlat standartlari talablari asosida amalga oshirgan “Sangzor yo’l qurilish” hamda “Sangzor buloq” MCHJ rahbarlari tuman hokimining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар