Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi, izchil islohotlarning huquqiy asosi nimalardan iborat
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha jabhadagi islohotlar qonunchiligimizda ham bir qator oʼzgarishlar amalga oshirish vaqti kelganligini koʼrsatib turibdi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan va tezkor suratlarda oʼsishda davom etayotgan iqtisodiyot hamda barcha sohalarni qamrab olayotgan raqamli texnologiyalar va komunikatsiyalar asrida amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, unga zaruriy oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi va zaminini yaratish zaruratini tugʼdirmoqda.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha jabhadagi islohotlar qonunchiligimizda ham bir qator oʼzgarishlar amalga oshirish vaqti kelganligini koʼrsatib turibdi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan va tezkor suratlarda oʼsishda davom etayotgan iqtisodiyot hamda barcha sohalarni qamrab olayotgan raqamli texnologiyalar va komunikatsiyalar asrida amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, unga zaruriy oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi va zaminini yaratish zaruratini tugʼdirmoqda. Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi sifatida qator qonunlar qabul qilinib, yana bir qator qonun hujjatlariga oʼzgartishlar kiritib borilmoqda. Jumladan Oʼzbekiston Respublikasining 2023 yil 27 sentyabrda qabul qilingan “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi OʼRQ-869-sonli Qonuni bilan ham bir qancha qonun hujjatlariga oʼzgartirishlar kiritildi. Mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini roʼyobga chiqarish va jamiyatda adolatni qaror toptirish maqsadida keyingi yillarda sud-huquq sohasini tubdan isloh etishga doir keng koʼlamli tashkiliy-huquqiy tadbirlar amalga oshirildi.Huquqni qoʼllash amaliyotini tahlil qilish natijalariga koʼra sud ishlarini yuritish jarayoniga yangi institutlar joriy etildi, fuqarolarning huquqlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlash maqsadida yarashuv, dastlabki eshituv, mediatsiya, shuningdek sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish kabi institutlar takomillashtirildi. Shu bilan birga sudlarda ishning hajmi keskin ortganligi ishlarni qonunda belgilangan muddatda koʼrib chiqish imkoniyatining yoʼqolishiga olib kelib, bu fuqarolarning oʼrinli eʼtirozlari koʼpayishiga sabab boʼldi.Bundan tashqari uzil-kesil qaror qabul qilishda sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini uch bosqichli tizim vositasida tekshirish imkoniyatlari cheklanganligi sababi mazkur tizimni oʼrta boʼgʼinning — viloyat sudlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali takomillashtirish zarurligidan dalolat bermoqda.Mazkur Qonun bilan Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlarini shikoyat (protest) asosida apellyatsiya tartibida, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini kassatsiya tartibida, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʼrilgan sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʼrishga, shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini kassatsiya tartibida koʼrish boʼyicha vakolatlarni viloyat sudlariga va ularga tenglashtirilgan sudlarga oʼtkazishga hamda yuqori sudlar tomonidan sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan koʼrish uchun quyi instantsiya sudlariga yuborish amaliyotini tugatishga doir protsessual normalarni nazarda tutuvchi oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritilmoqda.Ushbu Qonun sudьyalarning masʼuliyatini oshirishga, ishlarning sifatli va oʼz vaqtida koʼrilishiga, sud qarorlarini qayta koʼrishda viloyat sudlarining hamda ularga tenglashtirilgan sudlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, fuqarolarning shikoyat qilish huquqidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga va noroziliklarning oldini olishga, shuningdek ortiqcha sarsongarchiliklarga yoʼl qoʼymaslikka xizmat qiladi.Oʼzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga quyidagi oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritildi:1) 13-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:«Tegishli sud hayʼatlarida apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida ishlarni koʼrish uch nafar sudьyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudining hukmlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida berilgan shikoyatlar (protestlar) Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʼyicha sudlov hayʼatida besh nafar sudьyadan iborat tarkibda koʼrib chiqiladi. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida — Rayosat aʼzolarining koʼpchiligi hozir boʼlgan taqdirda koʼriladi»;2) 27-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi: «Mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari sudning hukmi (ajrimi) ustidan tegishincha apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida shikoyat berishga, prokuror protest bildirishga haqli»;3) 28-modda:ikkinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etildi:«Kassatsiya instantsiyasi sudi birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari va ajrimlari ustidan, agar ular apellyatsiya tartibida koʼrilmagan boʼlsa, shikoyatlar (protestlar) boʼyicha ishlarni koʼrib, hukm yoki ajrim chiqaradi»; quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʼldirildi: «Taftish instantsiyasi sudi birinchi instantsiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instantsiyasi sudida koʼrib chiqilgan hukmlari va ajrimlari ustidan, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instantsiyasi sudining hukmlari yoxud ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) boʼyicha ishlarni koʼrib, hukm, ajrim yoxud qaror chiqaradi»;4) 29-moddaning birinchi qismidagi «apellyatsiya, kassatsiya tartibida» degan soʼzlar «apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida» degan soʼzlar bilan almashtirildi.5) 46-moddaning birinchi qismidagi «kassatsiya instantsiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u haqda oʼz mulohazalarini bildirish; ish boʼyicha keltirilgan protestlar, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan xabardor boʼlish» degan soʼzlar «kassatsiya va taftish instantsiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u haqda oʼz mulohazalarini bildirish; ish boʼyicha keltirilgan protestlar, apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan xabardor boʼlish» degan soʼzlar bilan almashtirildi;6) 51-modda birinchi qismining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi:«9) apellyatsiya, kassatsiya va taftish instantsiyalari sudi tomonidan koʼriladigan ishlarda himoyachi ishtirok etishi shart»;7) 53-moddaning birinchi qismi «apellyatsiya, kassatsiya» degan soʼzlardan keyin «va taftish» degan soʼzlar bilan toʼldirildi;8) 55-moddaning birinchi qismi «apellyatsiya, kassatsiya» degan soʼzlardan keyin «va taftish» degan soʼzlar bilan toʼldirildi;9) 57-moddaning birinchi qismi «apellyatsiya, kassatsiya» degan soʼzlardan keyin «va taftish» degan soʼzlar bilan toʼldirildi;10) 59-moddaning birinchi qismi «apellyatsiya, kassatsiya» degan soʼzlardan keyin «va taftish» degan soʼzlar bilan toʼldirildi;11) 76-modda: uchinchi qismidagi «yoki kassatsiya» degan soʼzlar «kassatsiya va taftish» degan soʼzlar bilan almashtirildi; toʼrtinchi qismidagi «yoki kassatsiya» degan soʼzlar «kassatsiya va taftish» degan soʼzlar bilan almashtirildi;beshinchi qismidagi «yoki kassatsiya» degan soʼzlar «yoki taftish» degan soʼzlar bilan almashtirildi;oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi; «Jinoyat ishini kassatsiya instantsiyasi sudida koʼrishda ishtirok etgan sudьya shu jinoyat ishini birinchi instantsiya yoki taftish instantsiyasi sudida koʼrishda ishtirok etishi mumkin emas»; quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʼldirildi: «Jinoyat ishini taftish instantsiyasi sudida koʼrishda ishtirok etgan sudьya ushbu jinoyat ishini birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudida koʼrishda, shuningdek ishni yuqori instantsiya sudida taftish tartibida qayta koʼrishda ishtirok etishi mumkin emas»;yettinchi qismi sakkizinchi qism deb hisoblandi;12) 273-moddaning matnidagi «yoxud kassatsiya» degan soʼzlar «kassatsiya yoxud taftish» degan soʼzlar bilan almashtirildi;13) 306-moddaning ikkinchi qismidagi «yoki kassatsiya» degan soʼzlar «kassatsiya yoki taftish» degan soʼzlar bilan almashtirildi;14) 389-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etildi: «Jinoyat ishlari boʼyicha tuman (shahar) sudining sudloviga harbiy sudlarning sudloviga tegishli boʼlgan ishlardan tashqari hamma jinoyat ishlari tegishlidir. Аgar bir sudda koʼrib chiqilayotgan jinoyat ishi boʼyicha sud muhokamasi paytida sudlanuvchi tomonidan boshqa sud sudloviga tegishli jinoyat sodir etilganligini koʼrsatuvchi holatlar aniqlansa, ishni koʼrib chiqish sud muhokamasini boshlagan sud tomonidan davom ettiriladi.Harbiy sudlarning sudloviga tegishli ishlar qonunchilik bilan belgilanadi.Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʼiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining yoki Oʼzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudloviga oʼta murakkab va ahamiyatli ishlar tegishlidir. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi jinoyat ishini, agar u mazmunan oʼta murakkab va ahamiyatli boʼlsa, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Qoraqalpogʼiston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga, Oʼzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga koʼrish uchun topshirishga haqli.Qoraqalpogʼiston Respublikasi sudining raisi, viloyat, Toshkent shahar sudining raislari, Oʼzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi jinoyat ishini, agar u mazmunan oʼta murakkab boʼlmasa, jinoyat ishlari boʼyicha tegishli tuman (shahar) sudiga, shuningdek hududiy harbiy sudga koʼrish uchun topshirishga haqli»;15) 4056-moddaning uchinchi qismi «himoyachisi» degan soʼzdan keyin «qonuniy vakili» degan soʼzlar bilan toʼldirildi;16) 409-moddaning yettinchi qismi «kassatsiya» degan soʼzdan keyin «va taftish» degan soʼzlar bilan toʼldirildi;17) 414-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlandi;18) 471-moddaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi: «4) hukm ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berish, protest bildirishning ushbu Kodeksning tegishincha 4973, 4974, 500 va 501-moddalarida nazarda tutilgan tartibi, muddatlari»;19) 473-moddaning toʼrtinchi qismi «apellyatsiya» degan soʼzdan keyin «yoki kassatsiya» degan soʼzlar bilan toʼldirildi;20) oʼn birinchi boʼlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etildi: “oʼn birchi boʼlimi hukmlarning, ajrimlarning, qaroralrning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish” 21) quyidagi mazmundagi 55-bob bilan toʼldirildi, 55-bob. “Hukmlarning, ajrimlarning, qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishning umumiy shartlari belgilangan boʼlib, ushbu yangi bob 478-5461-moddalarni oʼz ichiga oladi.Ushbu Qonun 2024 yil 1 yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Jinoyat ishlari boʼyichaPaxtakor tuman sudining raisi U.Sattarov