Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakor tumani 2023 yil 9 oy davomida jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar

Paxtakor tumani 2023 yil 9 oy davomida jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar

24 октябрь 2023 йил
78
0

 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi "Byudjet ma'lumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3917-sonli hamda 2021-yil 13-apreldagi "Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5072-sonli Qarorlariga asosan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 26-yanvardagi KQ-302 -IV-sonli Qarori shu bo’yicha Xalq deputatlari tuman Kengashining 2021-yil 19-maydagi "Mahalliy byudjet mablag'lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta'minlash to'g'risida"gi6-24/312-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 27,29-bandlari ijrosini ta'minlash maqsadida.

 

  1. 2023 yil 1 yanvar holatiga Fuqarolar tashabbusi jamg’armasi”da 658,7 mln so‘m mablag‘ mavjud bo‘lib, 2023-yil birinchi 9 oyi davomida “Fuqarolar tashabbusi” jamg’armasiga 12 662,768 mln so‘m mablag’ o’tkazib berilgan, Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (g’olib dеb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirishga, 12 740, 0 mln so‘m mablag’ yo’naltirilgan, Tadbirlarni amalga oshirayotgan pudratchi tashkilotlarga bajarilgan ishlar uchun 3 472,574 mln so‘m to’lab berilgan, Tadbirlarni moliyalashtirishga ajratilgan, biroq pudratchi tashkilotlarga to’lab bеrilmagan 9 267,426 mln so‘m  qoldiq mablag’lar mavjud.

2023-yil 1 oktabr holatiga Fuqarolar tashabbusi jamg’armasida 581,525 mln so‘m qoldiq mablag‘ shakllangan.

 

  1. 2023-yil 1-mavsum jarayoni bo‘yicha

2023 yil tashabbusli budjet jarayoni 1-mavsumi 6 fevraldan 7 aprelgacha davom etdi. Paxtakor tumanida fuqarolardan jami 78 та taklif kelib tushgan.

Kelib tushgan jami 78 tа takliflarning 37 tasi rad etilgan 41 tasi tashkil etilgan ishchi komissiya tomonidan belgilangan me’zonlarga muvofiq deb topilib, ovoz berish jarayoniga o’tkazilgan. Ovoz berish jarayoni 18 martdan 7 aprelgacha jami 45 033 tа  nafar fuqaro ishtirok etib, natijalarga ko’ra jami 4 ta takiflar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi PQ-117-sonli qaroriga asosan 2000 tadan ortiq ovoz to‘plab 5 ta takliflar qo‘shimcha g’olib deb topilgan hamda ushbu takliflarni moliyashtirish uchun qariyb 4 100,0 mln.so’m mablag’lar yo’naltirildi.

Jumladan:

1-o`rin.  Paxtakor tumani 9-sonli umumta’lim maktabini jihozlash va ta’mirlash bo`yicha, tashabbuskor Alijon Xaydarov, mablag` miqdori 1000,0 (bir milliard) so`m, jami yig`ilgan ovoz 5017 ta;


2-o`rin. Paxtakor tumani 3-sonli umumta’lim maktabini joriy ta’mirlash va moddiy texnik bazasini rivojlantirish, tashabbuskor Olim Tilavov, mablag` miqdori 1000,0 (bir milliard) so`m, jami yig`ilgan ovoz 4708 ta;

3-o`rin. Paxtakor sanoat texnologiyalari texnikumi o‘quv xonalari, moddiy texnik bazasini rivojlantirish, tashabbuskor Quvonchbek Norqo‘ziyev, mablag` miqdori 900,0 (to‘qqiz yuz million) so`m, jami yig`ilgan ovoz 4687 ta;

4-o`rin. Paxtakor tumani 12-umumta’lim maktabini joriy tamirlash, muqobil energiya manbalarini o‘rnatish, tashabbuskor Usmonali Safarov, mablag` miqdori 1 200,0 (bir milliard ikki yuz million) so`m, jami yig`ilgan ovoz 4628 ta;

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-sonli qarorga asosan qo ‘shimcha g ‘olib deb topilgan loyihalar:

 

5-o`rin. Paxtakor tumani 6-umumta’lim maktabini joriy tamirlash, muqobil energiya manbalarini o‘rnatish, tashabbuskor Mustafo Qosimov, mablag` miqdori 1 200,0 (bir milliard ikki yuz million) so`m, jami yig`ilgan ovoz 4046 ta;

6-o`rin. Paxtakor tumani 17-umumta’lim maktabini joriy tamirlash, muqobil energiya manbalarini o‘rnatish, tashabbuskor Asqar Mirzaqulov, mablag` miqdori 1 200,0 (bir milliard ikki yuz million) so`m, jami yig`ilgan ovoz 4016 ta;

7-o`rin. Paxtakor tumani 1-umumta’lim maktabini joriy tamirlash, muqobil energiya manbalarini o‘rnatish, tashabbuskor Shaxnoza Abduazizova, mablag` miqdori 1 200,0 (bir milliard ikki yuz million) so`m, jami yig`ilgan ovoz 3242 ta;

8-o`rin. Paxtakor tumani 4-umumta’lim maktabini joriy tamirlash, tashabbuskor Islom Abduraximov, mablag` miqdori 1 200,0 (bir milliard ikki yuz million) so`m, jami yig`ilgan ovoz 3021 ta;

9-o`rin. Paxtakor tumani 7-umumta’lim maktabinining hududini o‘rash, oshxona, faollar zali, sport zalini joriy tamirlash, muqobil energiya manbalarini o‘rnatish, tashabbuskor Sobir Boymurodov, mablag` miqdori 1 200,0 (bir milliard ikki yuz million) so`m, jami yig`ilgan ovoz 2194 ta;

 

2023 yil 1-mavsumda “Fuqarolar tashabbusi jamg’armasi”dan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (g’olib dеb topilgan) tadbirlar uchun 10 100,0 mln.so’m mablag‘ buyurtmachi tashkilotlar hisob raqamiga o’tkazib berilgan bo’lib, buyurtmachi tashkilotlar tomonidan 3 ta obektda xarid qilish va qurilish-ta’mirlash ishlari tugatilib, foydalanishga topshirilgan. Qolgan 6 ta obektda xarid qilish va qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Ishlarni bajargan pudratchi korxonalarga 2023 yil 1 oktabr holatiga 3 472,574 mln.so’m mablag’ to’lab berilgan.

 3.2023-yil 2-mavsum jarayoni bo‘yicha

2023 yil tashabbusli budjet jarayoni 2-mavsumi 17 iyuldan 16 sentabrgacha davom etdi. Paxtakor tumanida fuqarolardan jami 60 та taklif kelib tushgan.

Kelib tushgan jami 60 tа takliflarning 28 tasi rad etilgan, 32 tasi tashkil etilgan ishchi komissiya tomonidan belgilangan me’zonlarga muvofiq deb topilib, ovoz berish jarayoniga o‘tkazilgan. Ovoz berish jarayoni 27 avgustdan 16 sentabrgacha jami 25 738 tа  nafar fuqaro ishtirok etib, natijalarga ko‘ra jami 2 ta takiflar g‘olib deb topilgan hamda ushbu takliflarni moliyashtirish uchun 2 640,0 mln.so’m mablag‘lar yo’naltirildi.

Jumladan:

1-o‘rin.  Paxtakor MFY Yangobod ko‘chasi, Fayzobod ko‘chasi, Binokor ko‘chasi, Jizzax ko‘chasi, Navoiy ko‘chasi, O‘zbekiston ko‘chasi jami 2500 metr ko‘chalarni asfalt qilish bo`yicha, tashabbuskor Diyor Baxromov, mablag‘ miqdori 1320,0 (bir milliard uch yuz yigirma million) so`m, jami yig`ilgan ovoz 2193 ta;

2-o‘rin. Paxtakor MFY Navoiy ko‘chasi, O‘zbekiston ko‘chasi, A.Ikromov ko‘chasi, F.Xo‘jaev ko‘chasi, Gulbaxor ko‘chasi, N.Qarshiev ko‘chasi jami 6000 metr ariq yotqizish, tashabbuskor Islom Karimov, mablag‘ miqdori 1320,0 (bir milliard uch yuz yigirma million) so`m, jami yig‘ilgan ovoz 2187 ta;

 

2023 yil 2-mavsumda “Fuqarolar tashabbusi jamg’armasi”dan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (g‘olib dеb topilgan) tadbirlar uchun 2 640,0 mln.so’m mablag‘ buyurtmachi tashkilotlar hisob raqamiga o‘tkazib berilgan bo‘lib, buyurtmachi tashkilotlar tomonidan 2 ta obektda qurilish-ta’mirlash ishlari loyihachisi aniqlash bo‘yicha e’lon berilib, ishlar davom etmoqda.

 

Sizlarga “Tashabbusli budjet” jarayonining 2023 yil birinchi to‘qqiz oy davomida amalga oshirilagan ishlar ijrosi bo‘yicha hisbotim shulardan iborat edi.

 

 

 

  Paxrakor tuman Iqtisodiyot va

moliya bo’limi boshlig‘i A.Meliboyev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар