Телефонлар:
(0372) 353-10-57
(0372) 353-10-27
» » Paxtakorda “Yashil makon” loyihasida Respublika ishchi guruhi qatnashdi

Paxtakorda “Yashil makon” loyihasida Respublika ishchi guruhi qatnashdi

03 ноябрь 2023 йил
152
0

 “Yashil makon” nomiga emas, o‘zimizning hayotimiz, o‘pkamiz tozaligiga, jamiyatimizga, salomatligimizga, kerak bo‘lsa g‘ururimizga kerak. “Yashil makon” millatimizga, mamlakatimizga, ertangi kunimizga kerak.

Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Xususan, Yurt boshimiz 2023 yil 11-oktabr kuni “Yashil makon” milliy loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda daraxtlarning ahamiyati, ularni nomiga ekishga yo‘l qo‘yish kerak emasligi haqida gapirdi. Yurtimizni ekologik tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida barcha hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Xususan Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga faol hissa qo‘shish maqsadida Paxtakor tumani hokimligi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi va tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari tomonidan manzarali daraxtlar, gul ko‘chatlari ekib, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirdilar.

Ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish, yashil maydonlarni kengaytirish kabi xayrli ishlarda o‘z ishtirokini faol davom ettirishni maqsad qilgan. Jumladan, bugungi kunda Jizzax-Gagarin avtoyo’l chetlariga bir yarim mingdan ortiq manzarali daraxt ko’chatlari ekildi. Bunda Respublika Kasaba uyushma federatsiyasi va Bosh prokraturadan Kuz-qish” va “Yashil makon” loyihasi bo’yicha tumanga biriktirilgan ishchi guruh rahbarlari ishtirok etishdi.

Bundan tashqari hududdagi bugungi kunda foydalanilmasdan kelinayotgan tashlandiq yerlarni obodonlashtorib mevali hamda manzarali daraxt va buta ko‘chatlari bilan boyitish ham rejalashtirilgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

  

 

 

 

 

 

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар