OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSINING DАVLАT BАYROGʼIGA E’TIROF
1991 yil 18 noyabrda «Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼi toʼgʼrisida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼi Oʼzbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.
Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼi xalqaro munosabatlarda Oʼzbekiston Respublikasining timsoli boʼladi.
Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulugʼ sanaladi. Chunki u xalqning oʼtmishi, buguni va kelajagini oʼzida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 195-sonli bayonida Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼi qabul qilinganligining 32 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish chora tadbirlari toʼgʼrisida qaror qabul qilindi.
Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Jizzax viloyat hokimining shu jumladan Paxtakor tuman hokimining Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼi qabul qilinganligining 32 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish boʼyicha chora tadbirlar rejasi tasdiqlanib ijroga yoʼnaltirildi.
Jumladan: Joriy yilning 16-18-noyabr kunlari tumandagi barcha mahallalarda taʼlim muassasalari xamda korxona tashkilotlarda Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan bir qator maʼnaviy maʼrifiy tadbirlar oʼtkazilishi rejalashtirilgan.
Tumandagi barcha davlat va jamoat tashkilotlari, taʼlim muassasalarida oʼrnatilgan bayroqlar oldida “Muqaddasdir vatan bayrogʼi” shiori ostida jamoaviy joʼr boʼlib davlat madhiyasini ijro etish:
18-noyabr kuni- Hamkor tashkilot va muassasalar bilan birgalikda tumandagi markaziy koʼchalarda Davlat bayrogʼini oʼrnatgan holda “Vatanparvar avtokarvoni”ni tantali yurishi tashkil etiladi.
Tuman markazidagi Yoshlar saylgohida, xalq sayli shaklida bayram dasturini masʼul idoralar bilan birga yuqori saviyada oʼtkazish maqsadida, xalq ichida katta hurmat qozongan olimlar, shoir va yozuvchilar, respublika va xalqaro tanlovlar hamda sport musobaqalarining gʼoliblari boʼlgan sportchilar, raqs guruhlari, sanʼatkorlar, milliy madaniy markazlar vakillari ishtirok etadilar.
Maʼnaviyat maskani va Аxborot kutubxona markazida 17 noyabrь kuni “Muqaddasdir Vatan bayrogʼi!” shiori ostida “Maʼrifat” targʼibotchilari va yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, ijodkor ziyolilar, madaniyat arboblari, sanʼatkorlar ishtirokida hududlarda madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy, aktsiya va targʼibot tadbirlarini tashkil etish belgilangan.
16-18 noyabr kunlari- Ijtimoiy tarmoqlarga va saytlarga #Muqaddasdir_Vatan_bayrogʼi heshtegi ostida Davlat bayrogʼini ulugʼlovchi targʼibot-tashviqot materiallarini joylashtirish.
“Muqaddasdir Vatan bayrogʼi!” nomli aktsiya doirasida davlat bayrogʼi aks etgan lentalar tarqatish.
“Ulugʼimsan Vatanim!” mavzusida videoroliklar tanlovini tashkil etish. Hamda “Ranglarda aks etgan Vatan bayrogʼi” mavzusida rasmlar tanlovini tashkil etish:
16-18 noyabrь kunlari “Muqaddasdir Vatan bayrogʼi” shiori ostida tuman markazidagi sport maktabida sport musoboqalari hamda tuman Аxborot kutubxona markazida Zakovat intellektual oʼyinlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʼtkazish.
2-sonli umumtaʼlim maktabida 17-noyabrь kuni “Bayrogʼimiz – faxrimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazish:
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 17-18 noyabrь kunlari “Milliy bayrogʼimiz – gʼurur va iftixorimiz” mavzusida madaniy-maʼnaviy tadbir oʼtkazish belgilangan.
Shuningdek
Tuman miqyosida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi qabul qilingan kunning 32 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrogʼi!” shiori ostidagi oʼtkazilgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish vazafalari belgilab olindi.
Аziz Paxtakorliklar sizlarni Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi qabul qilinganligining 32-yillik bayrami bilan tabriklayman va tashkil etilayotgan tadbirlarda barchangizni faol ishtirok etishga chaqiraman. E’tiboringiz uchun raxmat.